Qozog’iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri ″Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash dasturi″da belgilangan talablar asosida fanlar bo’yicha zamonaviy mukammal darsliklar yaratish va shu asosida talabalarga
chuqur nazariy bilimlar berib, ularni puxta amaliy malakalarga ega bo’lgan mutaxassislar qilib tayyorlab etishtirishdir.
Texnik bilimlarni mukammal egallashning shartlaridan biri grafik savodxonlikni oshirish, ya’ni chizmalarni o’qish va bajarishni bilishdir. Shu boisdan chizmalar chizishning asosi bo’lgan – chizma geometriya fanini mukammal o’rganishni talab etadi.
Chizma geometriya matematikaning bir tarmog’i
hisoblanib, uch o’lchamli fazodagi shakllarning tekislikdagi grafik modelini qurish asoslarini o’rganadi. Shu tufayli chizmani fazodagi geometrik shaklning tekislikdagi grafik modeli deb qarash mumkin. Bu esa oliy texnik ta’lim tizimida chizma geometriyaning o’rni naqadar muhim ekanligini belgilaydi.
Darslikda barcha materiallar,
jumladan, geometrik shakllarni proyeksiyalash va ularning o’zaro vaziyatlarini aniqlashga doir masalalar hozirgi zamon geometriyasini taraqqiyotini hisobga olgan holda bayon etilgan.
Axborot va kompyuter texnolo–giyalari keng qo’llanilayotganligi hisobga olinib, darslikda chizmalar grafik usul bilan bir qatorda analitik usulda ham berilgan.
Fanning asosiy qonun-qoidalari ta’riflar yoki fikrlar tarzida keltirilgan.
Darslikni tayyorlashda chizma
geometriya fanining nazariy, amaliy va uslubiy yutuqlari, o’qitishning yangi
pedagogik texnologiyalaridan,
shuningdek, mualliflarning uzoq yillar shu sohadagi pedagogik tajribalaridan foydalanildi.
Darslikning kirish bo’limi, I, VIII, XII, XIII – boblari, shuningdek, qisqacha tarixiy ma’lumot, asosiy geometric o’rinlar, atamalar va tushunchalarning izohli lug’ati prof. Sh.K.Murodov (TDPU, O’zbekiston), VII, IX, X va XI – boblari dotsent A.A.Xolmurzayev (FarPI, O’zbekiston) va II, III, IV,
V
va VI – boblari esa professor D.D.Djanabayev (JQDU, Qozog’iston) tomonidan yozilgan.