Dielektriklar, o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar, magnit materiallar diamagnitlar, paramagnitlar, asosiy xarakteristiklari, ionli, metalli, elektronli bog‘lanish, energetik satxlar diagrammasi, dielektrik singdiruvchanlik, issiqlik xarakteristikalari.
Elektr texnik materiallar haqida asosiy tushunchalar va sinflar. Fan-texnika taraqqiyotining o‘sishi, yangidan - yangi materiallarning kashf etilishi bilan birga yangi materiallarni yaratish, ularning sifatini oshirishiga olib keladi. Mustaqil O‘zbekistnonimizning xozirgi zamonaviy ilg‘or texnologiyaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishida, jumladan elektr energetika sohasida yangi zamonaviy jixozlarni davlat andozasi asosida ishlab-chiqarishda elektr texnik materiallarning o‘rni, sifati juda muxim o‘rin tutadi. SHu sababli, etuk kadrlarni zamonaviy, raqobatbardosh bo‘lishlari uchun qo‘shma korxonalarning texnologiyalarini to‘liq egallashlari, texnologik jarayonlarni puxta bilishlari kerak. SHuning uchun yuqori sifatli maxsulotlar olish (elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berish) texnologiyalarini yaratish, ekspluatatsiya qilishda materiallarning turi, klassifikatsiyalari, qo‘llanilish soxasi, elektrik kattaliklari, zaif tomonlari va ularni bartaraf etish choralarini bilish juda muximdir. Eng sifatli materialning olinishida, avvalo uning fizik, mexanik va kimyoviy tavsiflari, issiqlik va elektr xossalarini chuqur bilimlar nazariy va amaliy jixatdan o‘rganishni taqozo etadi.
Insoniyat paydo bo‘lishining erta davrilarida insonlar juda kam sonli materiallardan foydalanganlar. Bular tabiatda mavjud tab’iy materiallar edi – toshlar, daraxt, loy, xayvon terisi va boshqalar. Vaqt o‘tib odamlar ta’biy mahsulotlarni o‘rnini bosuvchi materiallarni ishlab chiqishni o‘rgandilar. Bular keramika va turli materiallar ya’ni yangi materiallar edi. Keyinchalik aniqlanishicha materiallarning tarkibida termik ishlash natijasida yoki turli qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasi o‘zgarish yuzaga kelar ekan. U vaqtlarda materiallar juda kam miqdorda ishlatilish maqsadi va ularning sifatiga ko‘ra aniqlangan. Olimlarning ta’kidlashicha tarkibiy elementlar va material tashkil etuvchilar orasida bog‘liqlik mavjud. Ushbu qarashlar taxminan 100 yil avval vujudga kelgan bo‘lib, buning natijasida insonlar material tavsifini baholashni o‘rgandilar. Buning bari minglab maxsus tarkibli materiallar vujudga kelishiga olib keldi va eng murakkab zamon talablarining qondirilishiga sabab bo‘ldi. Bizning davrda ham foydalanilayotgan materiallar sirasiga metallar, polimerlar, shisha va tola kiradi1.