- Issiqlikga chidamliligi qisqa yuqori temperaturada tekshiriladi.
- Qizishga chidamliligi uzoq vaqt bir temperaturada tekshiriladi.
- Sovuqqa chidamliligi quyi temperaturada tekshirilib elektroizolyasion material bunda (rezina, plasmassa, lak, plenka) singari mustaxkamligi yo‘qoladi.
- Suyuq dielektrikning yonish temperaturasi, bu suyuq dielektrik qiziganda ajrab chiqqan parlari olov bilan ko‘shilganda yonadi. Bundan tashqari fizik xarakteristikalar mavjud bo‘lib, yopishqoqligi, suv yutishi, namlikka chidamliligi ham e’tiborga olinadi.
3. Elertr maydondagi dielektriklar. Qutbli va qutibsiz dielektriklar.
Elektr maydonidagi har qanday dielektrikdagi jarayon qutblanish deb yuritilib, ya’ni bog‘langan zaryadlarning cheklanma aralashuvi yoki dipolli molekulalarning ma’lum yo‘nalishga qaratilishi tushuniladi.
Dielektrikning qutblanishini tavsiflashda, εr-dielektrik singdiruvchanlik, shuningdek qutblanishda dielektrikning qizishida issiqlikni ajralishi kuzatilsa tgδ-dielektrik isrof burchagi kattaliklari orqali izohlanadi. Texnik dielektrikning qizishida uning tarkibidagi oz miqdorli erkin zaryadlarning maxsuli bo‘lmish o‘tuvchi toklarning dielektrikni qalinligi va sirti bo‘ylab oqishi ham kuzatiladi. Texnik dielektriklardan oqadigan o‘tuvchi toklarning miqdorini solishtirma sirtiy va xajmiy elektr o‘tkazuvchanligiga teskari bo‘lgan solishtirma sirtiy va xajmiy elektr qarshiligi kattaliklari orqali tafsivlanadi.
Har qanday dielektrik belgilangan sharoitdagi ko‘zda tutilgan kuchlanish ostida ishlatish mumkin. Kuchlanishning qiymati belgilangan kattalikdan ko‘tarilganda dielektrik teshilish, ya’ni dielektrik xossalarining to‘la emirilishi kuzatiladi. Dielektrikda teshilish ro‘y beradigan jarayonga mos keluvchi kuchlanishga teshilish kuchlanishi, shuningdek, elektr maydonining tegishli kuchlanganligiga dielektrikning elektr mustahkamligi deb yuritiladi. Dielektriklarning qutblanishi asosan ikki turi mavjud.
- qutblanish elektr maydoni ostida bo‘lib, lahzada energiya tarqalmay, issiqlik kuzatilmay turib;
- qutblanish lahzada emas, issiqlik energiyasi ajralishi kuzatilib yoki qizish natijasida amalga oshuvchi hisoblanib, bunday qutblanish relaksatsion qutblanish deyiladi.
Elektr maydoni ta’sirida dielektriklarning bog‘langan elektr zaryadlari qaysi maydon kuchlanganligi kuchli bo‘lsa, o‘sha tomonga yo‘naladi. Elektr zaryadi bo‘lmasa zaryadlar o‘z joyida qoladi. Ko‘pgina dielektriklarni elektr maydoni kuchlanganligi ta’sirida zaryadlarning yo‘nalishi chiziqli bog‘langanligi xarakterlidir. Maxsus guruxlar borki kuchlanganlik o‘zgarmaganda yo‘nalish nochiziqli, ya’ni ba’zi maydon kuchlanganligi to‘yingan bo‘ladi. Bunday dielektriklarning segnet dielektriklar deyiladi. Segnet dielektriklar deyilishiga sabab qutblanishning nochizikligi ilk bor segnet tuzlarida kuzatilgan. Har qanday dielektrikni elektr zanjiriga ulangan, elektrodlar kiritilgan kondensator deb kuzatish mumkin. Kondensator zaryadi ma’lumki,
Q=C . U C - kondensator sig‘imi.
U- berilgan kuchlanish.