Reja: Elektr texnik materiallar haqida asosiy tushunchalar va sinflar


Dielektriklarning asosiy xarakterlovchi xossalaridan biri nisbiy dielektrik sigdiruvchanlikdir εr



Yüklə 77,28 Kb.
səhifə7/9
tarix05.05.2023
ölçüsü77,28 Kb.
#107789
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-маруза (2)

Dielektriklarning asosiy xarakterlovchi xossalaridan biri nisbiy dielektrik sigdiruvchanlikdir εr.

Birinchi tur qutblanishga elektronli va ionli qutblanishga xos bo‘lib, qolgan turdagi qutblanishlar esa ikkinchi turga mansub xisoblanadi. Dielektrik bilan kondensator sig‘imidagi yig‘ilgan elektr zaryadi turli qutblanish mexanizmini ifodalaydi. Turli dielektriklarda qutblanish ham turlicha bo‘ladi. Dielektrikning ekvivalent sxemasida sig‘imga ega bo‘lgan, turli qutblanishlar ko‘rsatilgan bo‘lib, manba kuchlanishi U ga paralel ulangan. S0 va Q0 kattaligi dielektrik bo‘lmagan xolat uchun o‘zining xususiy elektr maydoniga ega, Ce va Qe kattaliklari elektronli qutblanishdagi qiymatlar hisoblanadi.

Rasm-1.2. Murakkab tarkibli dielektrik materialning elektr maydonidagi qutblanish sxemalari. Bu erda U kuchlanish So, Qo vakumdagi zaryad va sig‘im miqdorlari, Q, C – tegishli elektronli ionli dipol – releksatsion, ion – releksatsion, elektron releksatsion, migratsion, spontanli, energiya isrofiga bog‘liqli zaryad va sig‘im miqdolari, r qarshilik, Riz – parron tokiga mos keluvchi izolyasiya qarshiligi.


Elektronli qutblanishda atom va ionlarning qobiliyati elektronlarining deformatsiyasi va aralashuvi tushuniladi. Elektron qutblanish vaqti 10-15 sekundga teng. Toza elektr qutblanishdagi dielektrik singdiruvchanligi yorug‘likning yutilishi (perelomlenie) ko‘rsatkichining kvadratiga teng. Elektronlarning deformatsiyalashuvi temperaturaga bog‘liq emas, qaytaga temperatura ortishi bilan dielektriklarda issiqlik tarqalishida elektr qutblanishi kamayadi. Elektronli qutblanuvchi dielektriklarning dielektrik singdiruvchanligining temperaturaga qarab o‘zgarishi ularning zichligi o‘zgarishiga bog‘liq. Elektr qutblanish barcha energiya yo‘qolishiga bog‘liq bo‘lmagan dielektriklarda kuzatiladi.

Ionli qutblanish qattiq dielektriklar uchun xarakterli bog‘langan ionlarning aralashuvida kuzatiladi. Temperatura ko‘tarilganda ta’sirlanuvchi ionlar orasidagi masofa uzoqlashishi va issiqlik tarqalishi natijasida aralash kuchlari kuchsizlanadi. Qutblanish vaqti 10-13 sekundga teng.


Yüklə 77,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin