Reja: Elektr texnik materiallar haqida asosiy tushunchalar va sinflar



Yüklə 77,28 Kb.
səhifə2/9
tarix05.05.2023
ölçüsü77,28 Kb.
#107789
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-маруза (2)

Elektrotexnik materiallarni texnika soxasida qo‘llash, foydalanish tomonlari noaniqligi XIX asrning boshlariga kelib muhim bir to‘xtamga keldi. Amaliyotda 1802 yil akademik V.V.Petrov tomonidan ETM yordamida kuchli elektr energiya manbasi (kondensator) kashf qilindi. Bu 8400 ta mis va qurg‘oshin disklarni (moy shimdirilgan qog‘ozlarga o‘ralgan) orasidagi turli EYUKlar xisobiga xosil bo‘lgan batareya edi. Birinchi marta batareya yordamida elekr yoy xosil qilindi. Keyingi yillarda 1832 yil rus olimi P.L.SHilling elektr magnit telegraf, 1872 yilda Lodigin ko‘mir chirog‘i, 1876 yilda elektr chirog‘i (svecha) boshlang‘ich elektr chiroqlari kashf etildi. YUqoridagi barcha kashfiyotlar o‘tkazgichlar magnit materiallar va izolyasiyalovchi materiallar yordamida bajarilgan. Elektrotexnikaning tez o‘sishida oldinga quyilgan vazifani tez va sifatli uddalashda ETMlarni to‘g‘ri tanlay bilish katta rol o‘ynaydi. Xozirgi paytda texnik materiallarni fizik, mexanik va ximiyaviy xususiyatlarni chuqur o‘rganish va ularni tadbiq etish yordamida yangi ETMlar olinmoqda.

YUqori sifatli elektrotexnik materiallar olish maqsadida muxandis-elektriklar mutaxassislarini tayyorlashda mutaxassis kurs "ETM" kiritilgan bo‘lib, bunda:

1) Elektrotexnikada qo‘llaniladigan materiallarning nazariy asoslari.

2) Elektrotexnik materiallarning klassifikatsiyalari.

3) Asosiy xarakteristikalari.

4) Elektrotexnik materiallarning texnologiyasining asosiy xususiyatlari va xokazo. Ba’zi bir kattaliklarning belgilanishi γ - solishtirma o‘tkazuvchanlik.

Elektrotexnik materiallar elektrik xossalariga ko‘ra o‘tkazgich (o‘tkazuvchilar), dielektrik (o‘tkazmaydiganlar) va yarim o‘tkazgichlarga ajraladi. Qattiq jismlarning nazariy energetik diagramma jixozlarida qurish mumkin. Turli buyumlarni gaz ko‘rinishidagi holatidagi spektrlarni tekshirganda atomlar bir biriga nisbatan uzoq masofada turgan holatda ya’ni har bir buyumning atomlarini aniqlovchi spektral liniyalar xosil qiladi. Bu esa turli atomlar uchun energetik holat (satx)ni ifodalaydi. Normal holatda bu satxning bir qismi elektronlar bilan to‘ldiriladi (ya’ni atomning holati ko‘zg‘atilmagan normal holat), qachonki atom tashqi energetik ta’sirida ko‘zg‘aladi. Gaz ko‘rinishidan suyuq holatga keyin qattiq holatga o‘tganda elektronlar bilan to‘ldirilgan qismlari orasida butun energetik satx zonalari xosil bo‘ladi.


Yüklə 77,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin