D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab ularning boshlang‘ich qiymatini tan olish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə31/116
tarix02.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#122565
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

Asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab ularning boshlang‘ich qiymatini tan olish



Asosiy

vositalariing

Boshlang‘nch kiymatni baxolash uchun asos







kelib tushish manbai

























1

Tekin (sovg‘a qilish

Joriy kiymat, to‘langan va qoplanib berilmaydigan




shartnomasi buyicha)

soliqlar (yigimlar) xamda aktivni etkazib kelib,













montaj kilish, o‘rnatish, ishga tushirish bo‘yicha













xarajatlar va uni ishchi holatga keltirish bilan













bevosita bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa













xarajatlarni hisobga olgan xolda






















2

Tayyor

maxsulotlar

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar Malkamasining




tarkibidan o‘tkazish

1999 yil 5 fevraldagi 54 sonli qarori bilan













tasdiqlangan **Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab













chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda













moliyaviy

natijalarni




shakllantirish

tartibi













to‘g‘risida"gi Nizomga muvofik aniqlanadigan ishlab













chnkarish tannarxi




























3

Tovar-moddiy

O‘zbekiston

Respublikasi

Moliya

vazirliga




zaxiralari




(tayyor

tomonidan 1998 yil 27 avgustdagi 44 son bilan




maxsulotlardan

tasdiqlangan va O‘zbeknston Respublikasi Adliya




tashqari)




tarkibidan

vazirligi tomonidan 1998 yil 28 avgustda 486 raqam




o‘tkazish







bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 4son BHMS "Tovar-













moddiy zaxiralar"ga muvofiq aniqlanadngan balans













kiymati

























4

Qonun

xujjatlarida

Ayirboshlashda berilgan asosiy vositalar obektinnng




belgnlangan

tartibda

qoldik kiymati













ayirboshlash

bo‘yicha



















olish





























































131
















5

Qonun

xujjatlarida

Ayirboshlashda berilganasosiy vositalarning




belgilangan

tartibda

obektini qoldik kiymatini ayirboshlash paytida




qo‘shimcha pul to‘lash

berilgan (olingan) pul mablaglari yoki uning




yo‘li




bilan

ekvivalentlariga ko‘paygan (kamaygan) summasi




ayirboshlash

bo‘yicha







olish






















6

Qonun

hujjatlarida

Korxona tomonidan bsrilgan yoki berilishi lozim




belgilangan

tartibda

bo‘lgan boyliklar qiymati yoxud shunga o‘xshash




majburiyatlarni pulsiz

asosiy vositalar obektini teng holatlarda sotib




vositalar bilan bajarish

olinadigan qiymati




(to‘lash)ni




nazarda







tutadigan













shartmomalar

buyicha







olish

























5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi. Asosiy vositalarni ta’mirlash


xarajatlari va ularning chiqib ketishining buxgalteriya hisobi

Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning boshlang‘ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi.


Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


0110 "Er";


0111 "Erni obodonlashtirish";


0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish";


0120 "Binolar, inshootlar va uzatgich moslamalari";


0130 "Mashina va asbob-uskunalar";


0140 "Mebel va ofis jihozlari";


0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";


0160 "Transport vositalari";


132
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar";


0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar";


0190 "Boshqa asosiy vositalar";


0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".


Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.


Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10-oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-BHMS) "Asosiy vositalar" (20.01.2004 y. 1299-sonli ro‘y., "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.


Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi:





  1. korxonaning ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ularning ulushi hisobidan kiritilgan ob’ektlar - tomonlarning kelishuviga asosan;




  1. korxonaning o‘zida tayyorlangan shuningdek, to‘lov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar - ushbu ob’ektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu

ob’ektlarni xarid qilishda, to‘langan va qoplanmaydigan soliq (yig‘imlar) shuningdek, etkazib berish, yig‘ish, o‘rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda;





  1. boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan shuningdek, hukumat idoralari tomonidan subsidiya ko‘rinishida olinganlari - qabul qilish sanadagi bozor bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha.

Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati faqat qayta qurilganda,


ta’mirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda


133
o‘zgartirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mulkchilik shaklidan qati nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti (krediti) bo‘yicha 8510 "Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.


Korxonaning o‘zi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita ob’ektlarni tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.


Mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita ob’ektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.


Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 "Tekinga olingan mulklar" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.


Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularning boshlang‘ich qiymati tegishli (0100) asosiy


134
vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.

0110 "Er" schyotida qonunchilikka muvofiq korxonaga mulk sifatida berilgan er maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 "Er" schyotining debetida shuningdek, er maydonlarini xarid qilishda to‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlar, ko‘chmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bog‘liq soliqlar, zovurlar qiymati, erlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.


Erlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo‘yicha umumiy xarajatlar 0110 "Er" schyotida kapitalizatsiya qilinadi. CHunki ushbu xarajatlar erdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.


Er maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruksiyalar va boshqa to‘siqlarni bartaraf etish qiymati 0110 "Er" schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruksiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.


Agar er maydoni oldindan tasarrufda bo‘lsa va mavjud konstruksiyalar yangi qurilish ob’ektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo‘yicha xarajatlar 0110 "Er" schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruksiyalarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajat sifatida aks ettiriladi.


0111 "Erni obodonlashtirish" schyotida er maydonlari tuzilishini o‘zgartirish, kelish yo‘llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining to‘xtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.


0112 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog‘liq kapital xarajatlar hisobga olinadi. Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni


135
obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlarga shuningdek, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo‘shiladi.

0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:


a) bino - ishlab chiqarish, ma’muriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar ob’ekti bo‘lib, mustaqil xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida turgan bino yoki qo‘shimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qo‘shimcha qurilishlar tarkibiga bir me’yorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimlari, ichki telefon va kompyuter tarmoqlari, lift xo‘jaligi, yong‘indan saqlash va qo‘riqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;





  1. inshootlar - avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, osma yo‘llar, suv ombori, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;




  1. o‘tkazuvchi moslamalar - elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yo‘llari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.

0130 "Mashina va asbob-uskunalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:





  1. kuchlantiruvchi mashina va uskunalar - atom reaktorlari, qozonlar, bug‘

dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;





  1. ishchi mashinalar va uskunalar - mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik ta’sir ko‘rsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;




  1. o‘lchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari - tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va boshqalar;




  1. boshqa mashinalar va uskunalar - telefon stansiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.

0140 "Mebel va ofis jihozlari" schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun


mo‘ljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yig‘imlari, kreslo, temir


136
seyflar va boshqalar) shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qog‘oz qirqadigan va yo‘q qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.


0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi" schyotida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari, hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.


0160 "Transport vositalari" schyotida temir yo‘l, suv, havo, avtomobil, ishlab chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi shuningdek, magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.


0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hamda mahsulot (nasl, sut, jun va boshqalar) beradigan hayvonlar - sigirlar, biyalar, qo‘ylar, echkilar va boshqalar hisobga olinadi.


0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar" schyotida ko‘kalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va o‘simliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga olinadi.


0190 "Boshqa asosiy vositalar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda sanab o‘tilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.


0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar" schyotida qonunlarda belgilangan tartibda konservatsiyalangan asosiy vositalar hisobi yuritiladi. (O‘zR AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i taxriridagi band)


Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bog‘lanishi (5.1.jadval)


Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati bo‘lib, korxona ta’sischilari tomonidan kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo‘lsa. Masalan, "Xususiy korxona to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq,


137



































5.1.jadval










































































Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin