9.4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi
korxonalari;
xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;
avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari. Ushbu schyotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va
xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar,
A.Toshpo’latov. Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. –T; Iqtisodiyot, 2016 yil, 344 bet.
252
shuningdek, yordamchi iishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
9.5. YOrdamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobni
tashkil qilish.
Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamch iishlab chiqarishlar tashkil etiladi. YOrdamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi:
turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish;
transport xizmatini ko‘rsatish;
asosiy vositalarni ta’mirlash;
yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash.
YOrdamchi iishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisob varaqlar ochilgan:
2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish» hisob varaq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |