D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma


Korxonalarning bosh byudjeti, uning tarkibi va tuzilish tartibi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə102/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Korxonalarning bosh byudjeti, uning tarkibi va tuzilish tartibi.


Bosh byudjetni tuzish investitsiya qilingan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi.
Byudjetlarni tayyorlashda quyidagi smetalar tuziladi53:

  1. moddiy xarajatlar smetasi;

  2. asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi xarajatlari smetasi;

v) ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar smetasi;
g) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari smetasi.
Ishlab chiqarish va savdo korxonalarining bosh byudjetini tuzishning yakuniy bosqichi kutilayotgan foyda yoki zarar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan smetani
tuzib chiqish hisoblanadi. Mazkur smeta quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘zida aks ettiradi:

  1. mahsulotlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;

  2. ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallar xarajatlari;

v) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning mehnat haqi xarajatlari;
g) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar;

  1. sotilgan mahsulotlar tannarxi;

  2. sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;

z) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar.
Bosh byudjet korxonaning rahbarlari uchun muhim bo‘lib, rejalashtirilgan hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalarni aniq belgilash hamda ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromadlar va xarajatlarning shakllanish jarayoni, hisob-kitob va to‘lovlar holatini doimiy ravishda kuzatib borishga imkon beradi.
Bosh byudjetni tuzish investitsiya qilingan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi.
Korxonaning bosh byudjeti operatsion, investitsiya va moliyaviy byudjetlardan tashkil topadi.
Operatsion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mablag‘larning taxminiy manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab berishdir.
Sotish xarajatlari byudjeti strategik rejalashtirish asosida xaridorlar imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib vertikal hamda gorizontal tartibda tuziladi.
Investitsiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalari rejasi hisoblanadi.

    1. Yüklə 0,62 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin