Valyutakursi-bir valyutani ikkinchisiga almashtirishdagi nisbat. Rivojlangan davlatlardagi valyuta kurslari dollarga nisbatan shu davlatlar xukumati tomonidan belgilanmay, balki xalkaro valyuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chikib stixiyali ravishda vujudga keladi.
Vasikadiskonti - vasiqa hisobi - ularning muddati tugagunga qadar vasifalarning bank tomonidan sotib olinishi.
Depozit foizi - tijorat bankining mijoz jamgarmasidan foydalanganlik uchun to‘laydigan foizi.
Investitsiya - so‘zi nemischa investitsion, lotincha investio suzlaridan olingan bo‘lib, u kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar summasidir.
Investor - mablag‘ini moliyaviy qo‘yilma sifatida foyda olish maqsadida sarflovchi shaxs.
Inventarkartochkalar - asosiy vositalar (fondlar)ning hisobi uchun mo‘ljallangan hisob registrining shaklidir.
Kalkulatsiya(lat.calculatio-hisoblash)-bajarilgan ish, tayyorlangan mahsulot, qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini aniqlash, xarajatlarini guruhlash usuli.
Kassakitobi-korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini yuritishga muljallangan hisob registrlaridir.
Nominal - qimmatbaho qogozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlang‘ich qiymati.
Nou-Xau - (inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy, tijorat, tashkiliy bilimlar.
Oferdraf - mijoz joriy hisob varag‘ining salbiy qoldigi bo‘lib, bank krediti bilan qoplash.
Prolongatsiya- kelishuv, shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish. Rentabellik - ishlab chiqarish samaradorligining ko‘rsatkichi bo‘lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablaglarining o‘rtacha
yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlash.
Refaksiya - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida belgilanganidan past bo‘lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar og‘irligiga nisbatan chegirma; ko‘p miqdorda yuk mavjud bo‘lgan maxsus kelishuvda yuk jo‘natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma hisoblanadi.