Baholovchivanazoratma’lumotlarnishakllantirish – boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish uchun ishlov berish, bo‘linmalarning faoliyatini
nazorat qilish va ularni baholash uchun ushbu axborotlardan foydalanish tadbirlarining majmuasi.
Bashoratqilinadigansarflar – zaxiralarga investitsiya qilish.
Bilvosita xarajatlar – xarajat markazlariga to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib borishning iqtisodiy imkoniyati bo‘lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar (i.u.x) tegishli xarajat markazlariga subektning hisob siyosatida qabul qilingan usuliga asosan taqsim qilinadi. Bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar.
Bilvositaxarajatlarnitaqsimlashasosi– bilvosita xarajatlarni yig‘uvchi obektlarga taqsimlash uchun asos qilib olingan ko‘rsatkich. Misol: bevosita mehnat haqi, asosiy vositalarning eskirishi va hokazo.
Bilvosita (egri) xarajatlarni taqsimlash darajasi – kalkulyasiya obektlari o‘rtasida bilvosita xarajatlarni oldindan taqsimlash imkoniyatini yaratadigan va subektning hisob siyosatida ko‘rsatilgan oldindan hisoblangan me’yoriy daraja.
Buyurtma nuqtasi– TMZ keyingi guruhiga buyurtma berishni aniqlashga yordam beradigan ombordagi mavjud va buyurtma berilgan TMZ summasining past nuqtasi.
Bosh(general)budjet– subektning hamma faoliyatini qamrab olgan moliyaviy xujjat.
Budjet – rejaning miqdorda aks ettirilishi, uning bajarilishi ustidan nazorat qilish vositasi va tartibga solish usuli.
Boshqaruvbosqichi–tegishli vaqt oralig‘ida boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun bajarilayotgan tadbirlarning majmuasi.
Budjet(smeta)–amaliyotda tegishli davr ichida olinadigan daromad va sarflanadigan xarajatlarning rejalashtiriladigan miqdorini ko‘rsatadigan va ushbu maqsadlarga erishish uchun jalb qilinadigan kapitalning miqdorini belgilaydigan, ma’lum davr uchun tayyorlangan va qabul qilingan pul ko‘rinishidagi miqdor rejadir. Javobgarlik markazlarining ushbu rejalarni bajarishini baholashda asos bo‘lib xizmat qiladi.