D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma


Zararsizlikning tahlili –



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə108/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Zararsizlikning tahlili – subekt faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlashga yordam beruvchi qisqa muddat ichida olinadigan daromad, xarajatlar va foydalarning o‘zaro qaramligiga asoslangan tahlil.
Zahiralarni asrash uchun sarflangan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish va ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar.
Zaxiralarni baholash – tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulot va TMZ tannarxini hisoblash.
Zaxiralarga bo‘lgan xarajatlar tovar moddiy zaxiralarni sotib olish, saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog‘liq xarajat, sarf va zararlarning yig‘indisi.
Zaxira sig‘imisiz xarajatlar tijorat, sotish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari. Ushbu xarajatlar TMZ bevosita ta’sir qilmaydi va ishlab chiqarish tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydi.
Iqtisodiy samara – ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chi-qarishdagi natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.
Inkroment xarajatlar va daromadlar qo‘shimcha mahsulot guruhini ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar .
Ishbilarmonlik faoliyatining segmenti subektning ayrim faoliyat turi, mahsulot turi bo‘limi, bozor manzili va hokazo.
Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish usuli – ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning bir birligi tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan xarajatlarni hujjatlashtirish va aks ettirish usullarining yig‘indisi. Xarajat obektlari bo‘yicha – jarayonlar, ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to‘liqligi bo‘yicha – to‘liq va to‘liq bo‘lmagan tannarxni kalkulatsya qilish va tezkorligi bo‘yicha – haqiqiy.
Kapitallashtirish darajasi – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan hajmining aktivlar qiymatiga bog‘liqlik darajasini o‘rnatadigan koeffitsent.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin