D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə107/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Budjetlashtirish – subekt va uning bo‘linmalarining faoliyatini boshqarish usuli.
Vertikal tahlil har bir ko‘rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga chiqishning umumiy hajmidagi ularning o‘zgarishini o‘rganish.
Gorizontal tahlil – o‘tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta xarajatlarining o‘rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.
Grafik (chizma) usuli – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini tuzish uchun asos bo‘ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lishi.
Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) – mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq xarajatlaridan tashkil topgan.
Degressiv xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni xarajatlarning o‘sish darajasi subekt ishbilarmonlik faolligining o‘sishidan ortda qoladi.
Direkt - kosting (Direct–Costing-System) bevosita xarajatlarni ishlab chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo‘yicha umumlashtiradigan boshqaruv hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to‘liq bo‘lmagan tannarxini kalkulatsiya qilish usuli bo‘lib ushbu usulni qo‘llaganda mahsulotning tannarxiga faqat o‘zgaruvchan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.
Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsentini qo‘llash orqali aniqlangan pul mablag‘larining kelgusidagi tushumi miqdorini hisoblash.
Diskontlangan xarajatlar joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsenti orqali aniqlangan kapital quyilmalar bo‘yicha taxmin qilinadigan xarajatlar.
Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – xo‘jalik yurituvchi subektning nol darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati. Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko‘rilmaydi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin