G- D=E
SHartli belgilar:
G - tartibga solinuvchi moddaning boshlang‘ich summasi
D - boshlang‘ich summadan ayirib tashlanadigan tartibga soluvchi moddaning summasi
E - tartibga solinuvchi moddaning haqikiy summasi.
Schyotlarni tayinlanishi va tarkibiga ko‘ra turkumlanishi.
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Taqsimlovchi schyotlar korxonvalarining ba’zi xarajatlari ustidan nazorat qilish va ulariing to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash (shu jumladan, ayrim faoliyat tannarxini ham aniqlash) uchun taynilangan.
Yig‘ib-taqsimlovchi schyotlar u yoki bu xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha xarajatlarni, ularni keyiichalik taqsimlash maqsadida yig‘ish uchun qo‘llaniladi. Ular aktiv schyotlardir, chunki ularda mablag‘lar (xarajatlar) harakati hisobga olinadi. Bu schyotlarda yigiladigan summalar mazkur ob’ekt bo‘yicha barcha xarajatlar hisobga olinadigan schyotlarga o‘tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar ikki sababdan zarurdir: eng avvalo, ba’zi xarajatlarni bir nechta ob’ektlar o‘rtasida taqsimlash kerak bo‘ladi. Bular egri (bilvosita) xarajatlar bo‘lib, ularga umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi. Bu erda biz «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotini mukammal ko‘rib chiqamiz. Uning debetida umuman ishlab chiqarishga xizmat qilish va uni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘iladi. Kreditida esa ularning summalari tegishli xarajatlarga kiritish maqsadida, faoliyat turlari bo‘yicha schyotlarga o‘tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Bunda umumishlab chiqarish xarajatlarining katta qismi «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga o‘tkaziladi, ya’ni mahsulot tannarxiga kiritiladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari hisobot davrining oxirida hisobdan chiqariladi va taqsimlanadi, bunda debetda yig‘ilgan hamma summa hisobdan chiqarilib, hisobot davrining oxiriga hech qanday qoldiq bo‘lmaydi.
Yig‘ib-taqsimlovchi schyotning umumiy tarxi quyidagicha ko‘rinishga ega:
A schyoti
Yig‘ib-taqsimlovchi
Schyot
G schyoti
D-t
K-t
D-t
K-t
D-t
K-t
qoldiq
1/a
1/a
4/M
4/g
B schyoti
D schyoti
D-t
K-t
2/b
3/v
D-t
K-t
qoldiq
2/b
4/d
V schyoti
E schyoti
D-t
K-t
D-t
D-t
qoldiq
3/v
4/e
a+b+v = M = g+d+e SHartli belgilar:
1,2,3 - operatsiyalar - har xil xarajatlarning yig‘ilishi;
4 - operatsiya - xarajatlarning taqsimlanishi, hisobdan chiqarilishi.
Kalkulyasiyaschyotlari. Kalkulyasiya schyotlari xo‘jalik mablag‘lari - tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tannarx hisoblab chiqilgan, hisob-kitoblar aks ettirilgan jadval (Kalkulyasiya hisob-kitobi odatda jadval shaklida bo‘ladi) kalkulyasiya deb nomlanadi. SHundan kelib chiqib, kalkulyasiyani tuzish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan schyotlar kalkulyasiya schyotlari deb ataladi.
Tannarxi aniqlanadigan ob’ektlarga tegishli bo‘lgan xarajatlar ushbu schyotlarning debetida yig‘ish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi, chunki bu xarajatlar summalari mazkur jarayonda sarflangan mablag‘lardir. SHuning uchun kalkulyasiya schyotlari aktiv hisoblanadi.
Kalkulyasiya schyotlarining tuzilishini «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining misolida ko‘rib chiqamiz.
D-t «Asosiyishlabchiqarish»
scheti
K-t
1)210 000
10)450 000
2)300 000
3)24 000
4)95 000
5)46 000
Oborot 675 000
Oborot 450 000
Qoldiq225000
Kalkulyasiya schyotlar tarkibiga 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan tashqari 0800 «Kapital qo‘yilmalar», 2310 «YOrdamchi ishlab chiqarish», 2610 «Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot», 2720 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» schyotlari kiradi.