Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olish
bevositavabilvositasoliqlarhisobi
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir.
Soliq to‘lovchilar mukchilikning barcha shakllariga kiruvchi mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar, tashkilotlar va ularning mustaqil bo‘linmalaridir.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sqqs = STob *SS/100 bunda:
Sqqs - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; STob - soliqqa tortiladigan oborot;
SS - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sqqs = Tqx SS(SS+100)
bunda:
Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovar (ish, xizmat)larni sotadigan korxonalar erkin (shartnomaviy) narx va tarifga qo‘shilg‘an qiymat solig‘i summasini qo‘shmaydilar.
20 foizlik mikdorlardagi stavkalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar tovarlarning sotilishi va ularga doir soliqlar summasi yuzasidan qo‘llaniladigan stavkalar bo‘yicha alohida hisobni yuritishi va hisob-kitob hujjatlarida soliq summalarini tovarlar turlari bo‘yicha qo‘llaniladigan stavkalarga qarab ko‘rsatishi lozim.
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga:
D-t 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti - 6000 ming so‘m;
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 6000 ming so‘m. Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 6000 ming so‘m; K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 6000 ming so‘m.