D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə81/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Aksiz solig‘i hisobi. Aksiz solig‘i sof daromad narxida va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada hisobga olinadigan, bilvosita soliq sifatida byudjetga to‘lanadigan soliqdir.
Aksiz solig‘i Soliq kodeksining 229 - 241 moddalari bo‘yicha tartibga solinadi va aksiz solig‘i to‘lovchilari bo‘lib;

    • O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;

    • O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;

    • oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).

    • Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin.

Aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Sotilish qiymatiga:
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti;
K-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti. Aksiz solig‘i qiymatiga:
D-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti. K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti.
Aksiz solig‘i byudjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti. D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti.
Foyda solig‘ining hisobi. Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan soliqlar summasi 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o‘tkaziladi: D-t 9910 «YAkuniy moliyaviy natija», K-t 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari.
Demak, foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summasidan foyda solig‘ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so‘ng hisobot davrining sof foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 270-satrida ko‘rsatiladi.
Sub’ektlar o‘zining faoliyati jarayonida Soliq kodeksiga asosan belgilangan soliqlar bo‘yicha yil davomida o‘rnatilgan grafikka asosan soliqlar bo‘yicha bo‘nak
summalarini to‘lab boradilar. Ushbu to‘langan bo‘naklar yilning ohirida yakuniy moliyaviy natijalarga olib boriladi va quyidagi schyotlarda hisoblanadi.

      • 9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar.

      • 9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar.

9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar, 9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar schyotlarining debeti yil davomida to‘langan soliqlar, yig‘imlar va byudjetga boshqa ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu schyotlardagi summalar 9910- yakuniy moliyaviy natija schyotining debeti bilan yopiladi (Debet 9910 va Kredit 9800).

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin