v) kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar
YAgonasoliqto‘lovihisobi. 2005 yil 20 iyunda Prezidentning "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitini yaxshilashga, ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo‘naltirilgan va asosiy masalalar tartibga solinadi:
soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o‘zgarishi, birxillashtirilgan soliq to‘lovining joriy etilishi;
joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun imtiyozlar va qo‘shimcha preferensiyalar berilishi.
YAgona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq
organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob- kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‘l, ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalarini alohida to‘lanmaydi.
YAgonaersolig‘ihisobi. YAgona er solig‘ini to‘lovchilar quyidagilardir:
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba- eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari.
Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:
er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud er uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar;
qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar.
2017 yil 1 yanvardan boshlab, Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatidan kelib chiqib, yagona er solig‘ining stavkasi 6 foizligi saqlanib qolindi.