D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma


Buxgalteriya balansining tuzilishi va unga asosan korxonalar sifat



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə90/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Buxgalteriya balansining tuzilishi va unga asosan korxonalar sifat


ko‘rsatkichining tahlili
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro andozalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor
qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur.
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo‘qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to‘lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo‘llaniladi. Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyat yo‘nalishi to‘g‘risidagi ma’lumoti ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha reja bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarining natijalari va istiqbollari va shu kabilar. Tushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda
moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan.51
Balansga asosan korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat ko‘rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin.
Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to‘lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi:
Korxona mutlaq to‘lov qobiliyati = Pul mablag‘lari / Korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari
Bu ko‘rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo‘lmasligi kerak. SHu yo‘l bilan hisoblab chiqilgan koeffitsent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarining qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko‘rsatadi.
Balans ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning sof aylanma mablag‘lari yoki kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin