Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - qisqa muddatli majburiyatlar.
51 O‘z.R. AV tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i
Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o‘z qarzini to‘lagandan so‘ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma mablag‘lar yoki kapitalning koeffitsenti quyidagicha topiladi:
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital
Bu koeffitsent bir so‘mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to‘g‘ri kelishini ta’riflaydi. Bunday ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi.
Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona kapitalining tuzilishi ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning tuzilishi ko‘rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo‘yilmalar qo‘ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to‘lash qobiliyatini aks ettiradi.
Mulk koeffitsenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsenti) quyidagicha topiladi:
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati
Bu koeffitsent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. U korxona egalarining korxonaga qo‘yilgan mablag‘lari umumiy summasidagi ulushini ko‘rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik korxona moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo‘ladi va tashqi kreditorlarga qaram bo‘lmaydi.
Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital
Ushbu koeffitsent 0,5 dan kam bo‘lishi, lekin ko‘p bo‘lsa, 1 dan oshmasligi kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi
va uning o‘sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan mablag‘lar ulushini ko‘payib borayotganini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |