Moslashuvchan va statik byudjet. Javobgarlik markazlari va xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish.
Byudjetlar oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik turlarga ajratiladi.
Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob qilinadi.54 Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
Statik byudjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko‘rsatkichlarning mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi.
Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha muqobil variantlaridan foydalaniladi.
Korxonada javobgarlik markazlari bo‘yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo‘yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etishda ushbu markazlarning turlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Korxonada bo‘linmalar bo‘yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim55:
vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko‘ra; markaz bajaradigan funksiyalar bo‘yicha.
54Xasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi /Darslik–T.: YAngi nashr, 2012. - 182 bet.
54Xasanov B.A.,Xashimov A.A, Boshqaruv hisobi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 41 bet.
Vakolatlar va javobgarlik hajmidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Xarajatlar markazi - bu faqat xarajatlarning maqsadli sarflanishiga mas’ul bo‘lgan korxonaning bo‘linmasidir (ishlab chiqarish sexi, konstruktorlik byurosi va h.k.).
Korxonani bunday markaz doirasida boshqarish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, me’yorlashtirish va hisobini tashkil etish amalga oshiriladi.