Progressiv xarajatlar – subektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan tezroq o‘sadigan xarajatlar.
Relevant xarajatlar – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda etiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq kelgusidagi xarajatlar.
Samaralixarajatlar– tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar.
Samarasiz xarajatlar – ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan ya’ni ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.
SBB(Strategikbiznes-birlik–StrategicBusinessUnit)– xo‘jalik yurituvchi subektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat yaratadigan konsepsiya. Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Segmentlar bo‘yicha hisobot – xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining ayrim segmentlari (sexlar, bo‘limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) bo‘yicha hisobot.
Standart kost (Standard Costs) –hamma xarajatlarni qattiq meyorlashtirgan va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari, xarajat moddalari bo‘yicha hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda nazoratni o‘rnatish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan meyoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilish usuliga o‘xshaydi.
Smeta –subektning ma’muriyati tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarish yuzasidan tuzilgan moliyaviy reja.
Tashkiliystrategiya– bo‘linmalarning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni haqiqatda bajarish uchun boshqaruvchilar tomonidan xodimlarga ta’sir qiluvchi nazorat quroli.