Kassaningumumlashtirilgansmetasi– budjetlashtirish tizimidagi ishlab chiqarish muomalalariga to‘g‘ri keladigan ma’lum vaqtda kassadagi naqd pullarni hisoblash.
Keltirilgan(diskontlangan)sofqiymat– boshlang‘ich investitsiya xarajatlari summasiga kamaytirilgan, diskontlangan qiymat.
Qayishqoqbudjet– xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining bir necha darajasini ko‘zlab tuzilgan budjet.
Qaytarilmaydigansarflar– ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida sodir bo‘lgan oldingi davr xarajatlari.
Qayta tiklanadigan zaxiralar – to‘liq ishlov berish natijasida tiklanadigan xomashyo va materiallar.
Qaytarilmaydiganxarajatlar– boshqaruv qarorlari orqali ta’sir qilish mumkin bo‘lmagan xarajatlar.
Kiritiladigan xarajatlar – kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va mavjud bo‘lgan rusurslar.
Qoplashning ichki koeffitsent –kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati nolga teng bo‘lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsent izlanish va xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko‘rinishida keltirilishi mumkin.
Marjinal xarajatlar va daromadlar – ishlab chiqarilgan birlik mahsulotga tegishli qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar.
Marjinal daromad – “Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo‘llashda ushbu mahsulotni sotishdan olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlarni qo‘shgan holda hisoblangan mahsulotning tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa.
Marjinaldaromadusuli– mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlarning farqiga asoslangan tenglik usulining turi.
Mahsulotningmarjinalligi– olingan daromad (baho) nisbatan foiz ko‘rinishidagi bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan marjinal daromadning darajasi.