D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə112/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Tenglik usuli tasdiqlangan formula bo‘yicha hisoblangan sof foyda yordamida chegara nuqtasini aniqlash usuli.
Texnikaviy – iqtisodiy rejalashtirish – tegishli yil uchun smeta va budjetni, uzoq muddatga subektni hamma tomonlama rivojlantirishni nazarda tutgan rejani ishlab chiqish.
Transfert baho – ishlab chiqarish bo‘linmalari yoki ma’suliyat markazlari o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o‘rnatilgan baho. Transfert baholarni o‘rnatish ayrim bo‘lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan subektlarning bo‘linmalari o‘rtasida o‘rnatiladi.
Trendli tahlil – bir necha hisobot davrlari ichidagi o‘zgarishlarning harakatini o‘rganish.
Umumlashtirilgan moliyaviy smeta (budjet) daromadlar va sarflar yig‘ilgan shaklda keltirilgan naqd pul mablag‘larining harakati hisoblangan va balansi aks ettirilgan yig‘ma hujjat.
Umumlashtirilgan smeta foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotning loyihasi.
Xarajatning bahosi – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga asoslangan baho. Ushbu baho rentabellik bo‘sag‘asini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarni baholash usuli xarajatlarning tarkibi “har xil maqsadlar uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. YA’ni, muqobil xarajatlar, meyoriy xarajatlar va qisman xarajatlarning hajmiga asosan hisoblangan to‘liq tannarx.
Hisoblangan bosqich TMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig‘i.
Hisoblangan koeffitsient – TMZ qo‘yilgan kapital summasining o‘zgarishi natijasida har yillik zaxiralarga sarflanadigan xarajatlarning summasini baholash maqsadida guruhning tejamli hajmini hisoblash va muhofaza zaxirasining muqobil
o‘sishini ta’minlash uchun foydalaniladigan formula natijasida aniqlangan ko‘rsatkich.
CHegaraviy (o‘lik) nuqta subektning sarflagan xarajatlarini mahsulotni sotgandan olgan daromadi hisobidan qoplash uchun zarur bo‘lgan sotish hajmi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin