Mas’uliyat markazi – ish faoliyati natijasi uchun rahbari javob beradigan tegishli subektning tarkibiy bo‘linmalari.
Meyorlashtirish– ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan muqobil me’yorlar va me’yorlashtirishning ilmiy asoslangan hisoblarning jarayoni.
Me’yorlashtirilgan to‘g‘ri mehnat xarajatlari –me’yorlashtirilgan mehnat vaqtini birlik mahsulot miqdoriga ko‘paytirish natijasida olingan miqdor. Ushbu miqdor me’yor darajasiga ko‘paytirish yo‘li bilan ham topiladi. Ushbu to‘g‘ri xarajatlar mahsulotlarning aniq bir turini ishlab chiqarish natijasida ruyobga chiqadi va uning tannarxiga to‘g‘ridanto‘g‘ri qo‘shiladi.
Me’yoriy xarajatlar –bir qator chegaralanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda va subektning kelgusidagi faoliyatiga yo‘naltiradigan xarajatlarning ilmiy asoslangan darajasi.
Me’yorlashtirilganumumiymehnatsarflari– hisobot davri mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoridan va birlik tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan me’yorlashtirilgan mehnat sarflaridan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ko‘rsatkich.
Moliyaviy budjet –kapital quyilmalar budjetini, pul mablag‘lari budjetini va bashorat qilinadigan balansni o‘zida mujassamlashtirgan bosh budjetning bir qismi.
Muqobillashtirish(optimallashtirish)– topshirilgan chegaraga to‘g‘ri keladigan muqobillikni topish jarayoni.
Muqobil standartlar – iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi o‘rtacha bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
Mutanosibxarajatlar– o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subektning ishbilarmonlik faolligi o‘zgarsa o‘zgarib turadigan xarajatlar.
Muhofaza muddatini uzaytirish – birlik mahsulot uchun zarur bo‘lgan TMZ o‘zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo‘lgan muddat.
Nazorat-hisobnuqtasi–o‘zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo‘yicha tugallanmagan mahsulotning joyini aniqlash.