Zararsizlikning tahlili – subekt faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlashga yordam beruvchi qisqa muddat ichida olinadigan daromad, xarajatlar va foydalarning o‘zaro qaramligiga asoslangan tahlil.
Zahiralarni asrash uchun sarflangan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish va ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar.
Zaxiralarni baholash – tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulot va TMZ tannarxini hisoblash.
Zaxiralargabo‘lganxarajatlar– tovar moddiy zaxiralarni sotib olish, saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog‘liq xarajat, sarf va zararlarning yig‘indisi.
Zaxirasig‘imisizxarajatlar– tijorat, sotish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari. Ushbu xarajatlar TMZ bevosita ta’sir qilmaydi va ishlab chiqarish tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydi.
Iqtisodiy samara –ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chi-qarishdagi natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.
Inkromentxarajatlarvadaromadlar– qo‘shimcha mahsulot guruhini ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar .
Ishbilarmonlikfaoliyatiningsegmenti–subektning ayrim faoliyat turi, mahsulot turi bo‘limi, bozor manzili va hokazo.
Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotningtannarxini kalkulatsiya qilish usuli – ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning bir birligi tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan xarajatlarni hujjatlashtirish va aks ettirish usullarining yig‘indisi. Xarajat obektlari bo‘yicha – jarayonlar, ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to‘liqligi bo‘yicha – to‘liq va to‘liq bo‘lmagan tannarxni kalkulatsya qilish va tezkorligi bo‘yicha – haqiqiy.
Kapitallashtirish darajasi –aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan hajmining aktivlar qiymatiga bog‘liqlik darajasini o‘rnatadigan koeffitsent.