Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning
bog‘lanishi
T/r
Xo‘jalikmuomalalariningmazmuni
Schyotlarningbog‘lanishi
Debet
Kredit
1
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda foydalanilayotgan asosiy
vositalarga eskirish hisoblash
2010, 2310,
2710
0211-0299
2
Umumishlab chiqarish maqsadida
foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskrish hisoblash
2510
0211-0299
3
Savdo korxonalarida foydalanilayotgan asosiy
vositalarga eskirish hisoblash
9410
0211-0299
4
Ma’muriy maqsadlar uchun foydalanilayotgan
asosiy vositalarga eskirish hisoblash
9420
0211-0299
5
Quyidagi maqsadlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ishga tushirish ishlarida;
umumiy yoki yakka tartibda ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni o‘zlashtirishda;
v) qazib chiqaruvchi tarmoqlardagi tayyorgarlik
ishlarida.
9440
0211-0299
6
Ishchi xayvonlarga eskirish hisoblash
2010, 2310
0270
7
Ko‘p yillik o‘simliklarga eskirish hisoblash
2010
0280
8
Joriy (qisqa muddatli) ijaraga berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
9430
0220-0299
9
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni xususiy asosiy vositalar tarkibiga o‘tishi natijasida ularga hisoblangan eskirish summasini o‘tkazish
0299
0211-0290
10
Uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan asosiy vositalarning eskirishni hisobdan chiqarish
0299
0310
11
Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:
qiymati oshirilganda
qiymati kamaytirilganda
8510
0211-0299
0211-0299
8510
12
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida ularga haqiqatda hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish
0211-0290
9210
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya summasi quyidagi usullardan birini qo‘llash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin:
eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash;
eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli);
ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish bir tekisda va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar obektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul bo‘yicha amortizatsiya qilish me’yorining miqdori foydali xizmat muddatining davomiyligiga bog‘liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi.
Eskirish hisoblashning bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obektining
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi: