Masalan:Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so‘m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya me’yori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000) so‘mni tashkil etadi.
Eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo‘yicha har yillik eskirish summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o‘tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Eskirishni hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko‘rsatkichi hamda asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan- texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko‘rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiyani tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan
qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo‘yicha amortizatsiyani bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya me’yori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan chegirib tashlanmaydi.
Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan holda aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to‘g‘ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya me’yori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya me’yori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi.
5.3-jadval
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddatining oxirigacha qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to‘liq yillar raqami (soni)ni amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob’ektning foydali xizmat muddati yillari yig‘indisi va suratida obektning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil soni (raqami) bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig‘indisi 15 (kumulyativ son)ni tashkil etadi.
5.4-jadval
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari
Amortizatsiya
ajratmalari davri
Amortizatsnya
kilingan kiymat
Amortizatsiyaning yillik
summasi
To‘plangan
amortizatsiya
1-yil oxiri
1000 000
(5/15x1000000)= 333333,3
333333,3
2-yil oxiri
1 000 000
(4/15x1000000)= 266666,7
600000,0
3-yil oxiri
1 000 000
(3/15x1000000)= 200000,0
800000,5
4-yil oxiri
1000 000
(2/15x1000000)= 133333,3
933333,3
5-yil oxiri
1000 000
(1/15x1000000)= 66666,7
1000000,0
Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so‘mga teng bo‘lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirish yo‘li bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya me’yori belgilangan bo‘lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.