D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə61/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

9.2-rasm. Xarajatlarni guruhlanishi.32


    1. Egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi.






3-rasm. Xarajatlar tarkibi33





32 A.Toshpo‘latov. Buxgalteriya hisobi fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. –T; SHqtisodiyot, 2016yil, 344 bet.
    1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari.


Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) mahsulotning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar (4- rasm).




4-rasm. Tannarxga kiritiladigan xarajatlar tarkibi.34

Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usuli ham qo‘llaniladi 5-rasm.



5-rasm. Tannarxni kalkulyatsiya qilish usullari.35


    1. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi.


Ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi.


2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:

    • mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari;

    • qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat, geologiya va loyiha-qidiruv tashkilotlari;

    • xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;

    • ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha ilmiy- tadqiqot korxonalari;

    • avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari.

Ushbu schyotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar,
shuningdek, yordamchi iishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.

    1. Yüklə 0,62 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin