D. Q. Usmanova


-chizma. Mablag‘lar tarkibi



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

1.1-chizma. Mablag‘lar tarkibi 
qanday manbadan olinadigan mablag‘lari ma’lum maqsadlar uchun mo‘ljallangan 
bo‘ladi. 
Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga 
mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga 
oshiriladi. Mablag‘lar manbalarining turi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. 
Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat 
jamg‘armasidan yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, 
tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi. 
SHunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari qanday 
maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-o‘z mablag‘lari manbalari. 
-qarzga olingan mablag‘lar manbalari. 
O‘z mablag‘lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida 
beriladi va unga biriktirib qo‘yiladi. 
Davlat korxonalarining mablag‘laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik 
shaklidagi korxonalarning o‘z mablag‘lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning 
Mablag’lar(Aktivlar) 
Uzoq muddatli aktivlar 
Joriy(
mablag’lar)
aktivlar
Tugallanmagan kapital qo’yilmalar


38 
qo‘shma yoki individual mulkidan iborat bo‘ladi. 
Davlat korxonalarining o‘z mablag‘lari budjetdan moliyalash, zaxiralar, 
taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘z mablag‘lar manbaidan iborat. 
Kapitallar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning 
ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali va zaxira kapitalidan tashkil topadi. 
Ustav fondi, korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat zaxirasidan 
kelib tushgan mablag‘larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida 
foydalaniladigan 
buxgalteriya 
atamasidir. 
Ustav 
kapital 
esa 
aksincha, 
muassislardan kelib tushgan mablag‘lardan iborat bo‘lib, u nodavlat sektoridagi 
korxonalarning buxgalteriya hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamadir. 
Korxonalarga ishlab chiqarish vositalari, muomala sohasining ba’zi bir mablag‘lar 
turlari va noishlab chiqarish sohasining mablag‘lari beriladi. Korxona tashkil 
qilinayotgan paytda hosil qilgan barcha o‘z mablag‘larining puldagi ifodasi ustav 
kapitalining hajmini ifodalaydi. Ustav kapitalining hajmi korxonaning Nizomida 
ko‘rsatiladi. 
Xo‘jalik faoliyati jarayonida ustav kapitalining hajmi o‘sadi yoki kamayadi va 
bunda tegishli o‘zgarishlar ustav hamda zaxira kapitalida tegishli qismlari bo‘yicha 
aks ettiriladi. 
Ilgari, foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish 
xarajatlari, ya’ni yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash 
va avtomatlashtirish, asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy 
takomillashtirish, moddiy rag‘batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida 
muhim topshriqlarni bajarganliklari uchun rag‘batlantirish, ularga yakka tartibdagi 
yordam ko‘rsatish, ijtimoiy - madaniy tadbirlar, turar joylar va madaniy - maishiy 
muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda xizmatchilarga madaniy - 
maishiy xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga qilingan sarflar hisobot davrida sodir 
bo‘lgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 
Budjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan o‘z faoliyatini 
kengaytirish uchun qo‘shimcha ravishda oladigan mablag‘lar manbaidir. Budjetdan 
moliyalash tartibidagi mablag‘lar davlat korxonalariga yangi mehnat vositalarini 


39 
sotib olish yoki moddiy boyliklar zaxirasi, aylanma mablag‘larning o‘sishi va 
to‘ldirilishini moliyalash hamda boshqa extiyojlarga, bolalar va madaniy - maorif 
muassasalarini saqlash, ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar tayyorlash va 
boshqalar uchun beriladi. 
Qarzga olingan mablag‘lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum 
bir vaqtga ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin 
ular o‘z egalariga qaytarilishi kerak. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va 
qarzga olingan mablag‘lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir 
majburiyatlar hisoblanadi. 
Kreditlar va jalb qilingan mablag‘larga banklarning qisqa muddatli, uzoq 
muddatli hamda yuridik va jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag‘lari kiradi. 
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonaning 
vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘larning asosiy manbai 
hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlari va 
boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, 
ya’ni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga, shu muddatning o‘tishi bilan ularni bankka 
albatta qaytarish sharti bilan beriladi. 
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik asosiy 
vositalarni sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish, 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulot 
turlarni yaratish, ularning sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ko‘tarish, o‘z 
mablag‘lari hisobidan moliyalash o‘rniga kapital sarflarga va boshqa ehtiyojlarga 
xarajatlar qilish uchun beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar ham muddatli, 
qaytariladigan xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha yilga beriladi. 
SHunday qilib, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar hamda qarzga 
olingan mablag‘lar uchun umumiylik - ularning muddati va qaytarilishi 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyotida bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonalar 
tomonidan ehtiyojlari uchun boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik qo‘shimcha 


40 
mablag‘lar olishning muhim manbaidir. 
Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol etkazib beruvchilar va boshqa 
kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni o‘z ichiga oladi. 
Mol etkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan 
tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo‘yicha qilinadigan hisob -kitob tizimiga 
binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga xaq to‘lanishi o‘rtasida bir qancha vaqt 
o‘tadi. SHu davr davomida mazkur korxona o‘zlarining mol etkazib beruvchilari 
oldida qarzdor bo‘lib qoladilar. Natijada mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz 
ushbu korxona mablag‘lari uchun vaqtinchalik qo‘shimcha manbaga aylanadi. 
Boshqa kreditorlarga - korxonaga boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzdor 
bo‘lgan tashkilotlar kiradi. Ularga ijtimoiy sug‘urta tashkilotlariga, pensiya, ish 
bilan ta’minlash jamg‘armalariga va hokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar 
kiradi. Bular - ishchi va xizmatchilarga ularning o‘z ehtiyojlari uchun berilgan 
ssudalar, sud tashkilotlarining qarori asosida ishchi va xizmatchilarning ish 
haqlaridan har xil tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar, 
ishchi va xizmatchilar tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari 
bo‘yicha korxonaning qarzlaridir. 
Mol etkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzlarning 
xususiyati shundan iboratki, olinadigan mablag‘lar korxonaning biznes-rejasida 
nazarda tutilmaydi va korxona ularni juda cheklangan muddatga oladi. 
Taqsimotta doir majburiyatlar guruhiga ishchi va xizmatchilarga ish haqi, 
kasaba uyushmasi tashkilotlariga ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, pensiya, ish bilan 
ta’minlash jamg‘armalari va moliya muassasalariga - budjetga to‘lovlar bo‘yicha 
majburiyatlar kiradi. Jalb qilingan mablag‘larning bu guruhi milliy daromadni 
taqsimlashning ba’zi shakllarini aks ettiradi. 
Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada yaratilgan 
zaruriy mahsulotni taqsimlashning shaklini anglatadi. Gap shundaki, qabul 
qilingan qoidaga ko‘ra, ishchi va xizmatchilarga ish haqi ularning korxonada 
ishlagan davri tugab, bir necha kun o‘tgandan keyin beriladi. SHu munosabat bilan 
ishchi va xizmatchilar oldida ish haqini berishda uziladigan majburiyatlari yuzaga 


41 
kelib turadi. 
Ijtimoiy sug‘urta, pensiya va ish bilan ta’minlash jamg‘armalari bo‘yicha 
majburiyatlar qo‘shimcha mablag‘larning taqsimlanishini aks ettiradi. Korxonalar 
har oyda ijtimoiy sug‘urtaga, pensiya, ish bilan ta’minlash jamg‘armalariga 
ajratmalar qiladi va hisoblangan summalarni tegishli schyotlarga o‘tkazadilar. Bu 
mablag‘lar o‘tkazilishiga qadar ular korxona ixtiyorida bo‘ladi. SHu munosabat 
bilan uning yana tegishli summalarni o‘tkazish bo‘yicha doimo majburiyatlari 
paydo bo‘lib turadi. 
Moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar ham qo‘shimcha mablag‘lar 
taqsimlashni tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan to‘lovlarni 
davlat daromadiga topshirib turadi. Demak, ularda ma’lum muddatlarda moliya 
tashkilotlari oldida shu to‘lovlarni o‘tkazishga doir majburiyatlari paydo bo‘lib 
turadi. SHu to‘lovlar bo‘yicha summalarni hisoblash daqiqasidan to‘lash 
davrigacha ular korxona ixtiyorida bo‘ladi. 
Taqsimot bo‘yicha majburiyatlarning umumiyligi shundan iboratki, bu 
manbalardan mablag‘lar chetdan olish yo‘li bilan emas, balki hisoblash yo‘li bilan 
hosil qilinadi. 
Sof daromad - bu korxonada olingan yalpi daromadning bir qismidir. 
Ma’lumki, yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga 
ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. U markazlashtirilgan 
davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo‘linadi. Markazlashtirilgan 
davlat sof daromadi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va foydadan 
ajratmalardan hosil bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxona 
mahsulotining sotilishi jarayonida qat’iy meyorlar bo‘yicha undiriladi, foydadan 
ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat budjetiga kiritiladi. 
Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, 
moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to‘lash va boshqa ehtiyojlar 
xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
SHunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama 
yo‘nalishga ega: uning bir qismi davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa 


42 
korxona ixtiyorida qoldiriladi. SHuning uchun uni taqsimlanishiga qadar o‘z 
mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar manbaiga kiritish mumkin emas va shu 
sababdan u alohida guruhga ajratiladi. 
Korxona foyda yoki zararini yaratilgan mahsulot sotishdan, ortiqcha moddiy 
boyliklarni sotishdan, moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko‘rinishida, 
valyuta va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oladi. 
Buxgayateriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari 
tasarrufida bo‘lgan mablag‘lari va ulardan foydalanish sur’atini kerakli axborot 
bilan ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. 
YUqorida harakatdagi kapital manbalari chizmasi keltirlgan (1.2-chizmaga 
qarang). 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin