182
transformatsiyalanishi prinsipi amal qilishi sababli) iqtisodiyotdagi
o‘rni va ahamiyati tuzilmaviy-funksional model yordamida makro-,
mezo-, mikro- va nano pog‘onalarda namoyon bo‘ladi. Umuman
aytganda, mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori
bir-birining o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyatisiz ma’noga ega emas.
Demak, bu bozorlar faqat birgalikda mulkiy huquqlar subyektlarining
fuqarolik huquqi obyektlari bo‘yicha mulkiy munosabatlari amalga
oshirilishini ta’minlashi sababli, ular iqtisodiyotda markaziy o‘ringa
ega. Bunda real iqtisodiyotning «mulk bozori – mulk qiymatini
baholash xizmatlari bozori» juftligi bilan bog‘liqlikdagi faoliyati
davlat tomonidan regulatsiya qilinadi.
Respublikamizda mulkni baholash sohasi endi rivojlanib
kelayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Baholashga bo‘lgan talab
bozor iqtisodiyotiga o‘tganimizdan keyin yuzaga kela boshladi.
Dostları ilə paylaş: