D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111
kochmas mulkni baholash

4.4. KORXONA (BIZNES)
Biznes (korxona) deganda tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshiradigan tijorat tashkiloti tushuniladi.
Biznes inglizcha «business» so‘zdan olingan bo‘lib, xo‘jalik yuri-
tuvchi subyekt faoliyatining sohasini va uning iqtisodiy manfaatlarini 
tavsiflovchi umumiqtisodiy atama
1
.
Biznes daromad keltiruvchi aniq tadbirkorlik faoliyati, ish, 
mashg‘ulot turi hisoblanadi. Har qanday biznes o‘zining korxona 
ko‘rinishidagi tashkiliy-iqtisodiy shakliga ega. Hozirgi sharoitda 
har qanday mulk obyekti daromad manbayi va bozor muomalasi-
ning obyekti bo‘lishi mumkin, shu jumladan, mulk huquqi ham 
ana shunday obyekt hisoblanadi. Bunda daromad olish jarayo-
ni va daromad keltiruvchi mulk sifatida biznes alohida qiziqish 
uyg‘otadi. Biznesning asosini, uning ajralmas mohiyatini sarmoya 
tashkil etadi. Sarmoya zamonaviy iqtisodiy tizimning moddiy 
asosi hisoblanadi. Sarmoya – bu boylik, ishlab chiqarish vosita-
si, ishlab chiqarish omillari, ya’ni daromad keltiruvchi mehnatga 
investitsiya qilishning turli moddiy-mulkiy shakllaridir. Daromad 
olish jarayoni ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni, shu jumladan, 
mulkchilik munosabatlarini nazarda tutadi. Demak, sarmoya – bu 
ishlab chiqarishning moddiy-mulkiy omillaridan tashqari, daro-
madni yaratish jarayoni subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosa-
batlar hamdir.
Biznesni baholash jarayoni u xoh korxona yoki uning alohida 
biznes yo‘nalishini baholash bo‘lsa, odatda, ko‘proq buyurtma ber-
gan kishining maqsadidan kelib chiqadigan qiyin va og‘ir mehnat 
talab etiladigan jarayondir. 
1
 И.В. Кащук. Язык бизнеса. Термины. – Т.: «Sharq», 1995. 54-b.


81
Baholash qoidalari yoki baholovchining baholash ishlarini 
olib borishdagi izchillik bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan 
jarayon bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
–  muammolarning qo‘yilishi; 
–  shartnomani tayyorlash va yakunlash; 
–  kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish; 
–  baholash usullarini tanlash va ularni qo‘llash; 
–  biznesning bahosiga ta’sir etuvchi  omillarni tahlil qilish; 
–  baholash haqida belgilangan shaklda  hisobot tuzish.
Biznesni baholash jarayonini tashkil etuvchi bu bo‘g‘inlarni har 
tomonlama ko‘rib chiqamiz.
Shunday qilib, qisqa qilib aytganda, baholash predmeti – bu 
baholanadigan mulkiy huquq turlaridir. 
Korxona sotilayotganda soliqqa solish nuqtayi nazaridan 
qaraganda bu bitim qanday ko‘rinib chiqilayotgani muhim ahamiyat 
kasb etadi: bitim korxonadagi aktivlarni berish deb qaralayotibdimi 
yoki o‘z hissasini berish deb qaralayotibdimi?
Agar korxonada o‘z hissasi bilan qatnashish baholanayotgan 
bo‘lsa, u holda baholash topshiriqlarida baholanayotgan ulush foizi 
ustav kapitalidagi bosh ulushlar tizimi ko‘rsatiladi
1

Aksiyalar paketini baholayotganda, topshiriqda qanday aksiyalar 
baholanayotganligi ko‘rsatiladi, muomulada bo‘lgan aksiyalar soni 
va shu korxona tomonidan sotib olingan aksiyalar soni belgilab 
qo‘yiladi. 
Ulushli  qatnashuvni  baholash  tavsiflanayotganda  unga  aksiyaga 
muvofiq  qo‘yiladigan  barcha  cheklashlar,  masalan,  ularni  berishga 
cheklashlar kiritilishi kerak. Bu cheklashlar, odatda aksiyalar narxini 
pasaytiradi. 
Baholashning vazifasi – bu undan foydalanish doirasidir. 
Baholash sotuvchi yoki xaridorga korxona narxini aniqlashga 
yordam beradi. Baholashning yana bir boshqa vazifasi bu korxonani 
1
  F.M.  Matmurodov. Baholash ishi. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Fan va 
texnologiya», 2012. 132-b.


82
kreditlash yoki sug‘urta qilish uchun uning narxini belgilashdan 
iboratdir. 
Biznesni baholash davrida namoyon bo‘ladigan korxonani 
asoslangan bozor narxi baholashning eng ko‘p tarqalgan turlaridan 
hisoblanadi. Baholashning bu turi sovg‘a qilingan narsadan va 
merosdan soliq olinganda, korxonani kreditlashda hamda uni sotish 
vaqtida va boshqa hollarda qo‘llaniladi. Baholash uchun eng muhim 
bo‘lgan baho turlarini ko‘rib chiqamiz. 
Korxonaning asoslangan bozor bahosi – bu uning pul birligida 
yoki pul ekvivalenti ko‘rinishidagi eng ehtimol bahosi. Bu baho 
bilan korxona sotuvchi qo‘lidan xaridorga, ularning har ikkalasining 
sotish va olish xohish-irodalari tufayli, o‘tish va olish kelishuviga 
majbur etilmaydi. 
Agar korxonani baholashdan keyin baholovchi-ekspert sudda 
mustaqil ekspert sifatida, masalan, baholanayotgan korxonaning 
to‘lovga layoqatsizligi haqidagi ish eshitish jarayonida o‘z 
ma’lumotlari bilan chiqishi kerak bo‘lsa, uning xizmatlari uchun 
to‘lov shakli soatbay bo‘lishi, ya’ni sud qaroriga bog‘liq bo‘lmagan 
tarzda o‘rnatilishi kerak. 
Baholovchi-ekspert xizmatlari to‘lovi miqdori ko‘p omillarga, 
shu jumladan, baholash obyektining murakkabligi va masshtabliligi, 
baholovchi-ekspertning malakasi, nufuzi, shuningdek, buyurt-
machining moliyaviy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Biznesni baholashning keyingi bosqichi bo‘lib, baholash 
topshirig‘i va kalendar rejasini tuzish hisoblanadi. 
Baholash topshirig‘ini tuzishni, odatda, baholovchi-ekspert 
amalga oshiradi. Bu shu narsa bilan tushuntiriladiki, buyurtmachi 
baholash sohasidagi kerakli bilimlarning bo‘lmasligi sababli buni 
yetarlicha malakasiz bajaradi.
Baholash maqsadi va funksiyalarning shakllanishida aniqlik-
ning yo‘qligi buyurtmachi-ekspert va buyurtmachi orasidagi 
munosabatlarning kelishmovchilik vaziyatlari va baholashda xatolar 
kelib chiqishiga asosiy sababchi bo‘ladi. 


83
Bu – baholovchi-ekspert tomonidan baholash obyekti va pred-
metining konkret xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan 
baholash topshirig‘ining namunaviy tarkibidir. 
Baholash jarayonida baholovchi-ekspert tomonidan buyurtma-
chining hisobot yozuvlarida qayd etilgan topshiriqdan chetlanishlar 
yoki qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin. Hisobot yozuvlarining nusxa-
lari baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilova qilinadi. 
Baholash topshirig‘ini ishlab chiqish jarayonida baholash pred-
metini, ya’ni korxonaning qanday mulkiy huquqlari baholanayot-
ganligini aniqlab olish juda muhimdir. Masalan:
– korxona aktivlariga to‘liq egalik qilish huquqi;
– aksiyalarning nazorat paketiga egalik qilish huquqi;
– korxonaga biznes tarmog‘i sifatida egalik qilish huquqi;
– xo‘jalik o‘rtoqligida ulushli ishtirok etishga egalik qilish 
huquqi va boshqalar.
Korxonani sotish jarayonida kelishuvning qanday ko‘rinish-
daligini – korxona aktivlarining sotilishi, korxonaning sotilishi, biz-
nes tarmog‘ining sotilishi yoki o‘rtoqlikdagi ulushning sotilishini 
bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har to‘rt holda ham baholash turlicha bo‘ladi va shunga muvo-
fiq tarzda uning natijasi ham turlicha bo‘ladi – soliq, yuridik, moli-
yaviy.
Agar baholashga xo‘jalik o‘rtoqligidagi ulush topshirilgan 
bo‘lsa, baholash topshirig‘ida ulushning foiz miqdori, shuning-
dek, bu qan day o‘rtoqlik – to‘liq yoki chegaralangan javobgarlikka 
egaligi ko‘rsatiladi.
Mulkdorlar munosabatlarini tartibga solish va bozor mexa-
nizmlarini rivojlantirishda ushbu biznesning qiymatini baholashga 
katta e’tibor qaratiladi. Biznes mulkdor uni sotish, garovga qo‘yish, 
sug‘urta qilish, vasiyat qilish huquqiga ega, ya’ni biznes bitim 
obyekti, tovar bo‘lishi mumkin va har qanday tovar singari u 
xaridor uchun foydali bo‘lishi kerak. Birinchi galda u daromadlar 
olishga bo‘lgan ehtiyojlariga mos kelishi lozim. Har qanday 


84
boshqa tovar singari biznesning foydaliligi undan foydalanishda 
namoyon bo‘ladi. O‘z navbatida, agar biznes mulkdorga daromad 
keltirmasa, u uning uchun o‘z foydaliligini yo‘qotadi va sotilishi 
lozim bo‘ladi. Agar boshqa kimdir undan foydalanishning yangi 
usullarini, daromad olishning boshqa imkoniyatlarini ko‘rsa, u 
holda biznes tovarga aylanadi. Ayni paytda, daromad olish, takror 
ishlab chiqarish yoki muqobil biznesni shakllantirish ma’lum bir 
xarajatlar bilan kuzatiladi. Foydalilik va xarajatlar birgalikda bozor 
narxining asosini tashkil etuvchi miqdor bo‘lib, uni bozor qiymati 
deb belgilash mumkin. Shunday qilib, biznes ma’lum faoliyat 
turi sifatida, bozor iqtisodiyotida uning tashkiliy shakli sifatida, 
mulkdorning daromadlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi va uni 
olish uchun ma’lum resurslar sarflanadi.
Ko‘chmas mulk 
bozori
Tovar 
bozori
Fond 
bozori
Ko‘char mulk va 
jihozlar bozori
Kreditlar 
bozori
Nomoddiy 
aktivlar bozori
 Sug‘urta 
bozori
Boshqaruvchilar 
bozori

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin