77
tezligini aniqlash uchun Stoks tenglamasidagi
g
ni markazdan qochuvchi tezlanish
( -rotor aylanishining burchak tezligi, х aylanish o’qigacha bo’lgan masofa)
bilan almashtirish lozim, chunki u
g
dan farq qilib x ga bog’liq bo’ladi. Demak,
makromolekularning sedimentasiya tezligi ularning cho’kishi bilan ortib boradi:
(3.13)
Ultrasentrifugada molekulyar massani faqat sedimentatsiya tezligi orqali
emas, balki zarrachalarning cho’kishi va qayta diffuziyalanishi jarayonlaridagi
muvozanat paytidagi (sedimentasion muvozanat) konsentratsiyalar taqsimlanishini
o’rganish yo’li bilan ham aniqlash mumkin. Agar birinchi usulda diffuzion
jarayonlarning ahamiyati uncha katta bo’lmasa, sedimentatsion muvozanatda
nisbatan kuchsiz markazdan qochuvchi maydonlar qo’llanganligi uchun
moddalarning sedimentatsiya va diffuzion ko’chish tezliklari bir-biriga yaqin
bo’ladi. Muvozanat paytida bu tezliklar bir-biriga teng bo’ladi va erigan polimer
moddaning ko’chishi to’xtaydi.
Dostları ilə paylaş: