D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Enriko Fermi. 
Neytronografiyada asosiy vosita yadro reaktorlari devorlaridan maxsus 
tirqish orqali chiqarilgan issiqlik neytronlari (sekin neytronlar) dastasidir. Dasta 
ro’parasiga tekshiriladigan nishon - modda qo’yiladi. Nishondan sochilgan 
neytronlar maxsus hisoblagichlar yordamida qayd qilinadi. Yadro reaktorlari 
energiya spektri 0,06 eV sohasida maksimumga ega issiqlik neytronlari manbai 


112 
hisoblanadi. Ushbu energiyaga mos de-Broyl to’lqin uzunligi kondensirlangan 
moddalardagi atomlararo masofalar bilan qiyoslanadi. Neytronlar bu moddadagi 
atomlarning o’zaro joylashishini difraksiya yordamida tadqiq qilishga imkon 
beradi. Issiklik neytronlari energiyasining atomlarning issiqlik tebranishlari 
energiyasi bilan qiyoslanishi moddaning dinamik xossalarini o’rganishga imkon 
beradi.
Neytronning atomlarning magnit momentlari bilan o’zaro taʼsirlasha 
oladigan magnit momenti mavjudligi atomlarning kattaligini, joylashishini va 
magnit momentlarning o’zaro yo’nalishini tadqiq qilishga imkon beradi. Sochuvchi 
modda (nishon) sifatida polikristall va monokristallar ishlatiladi. Neytronografiya 
yordamida vodorodli birikmalar (xususan, osh tuzi, organik birikmalar), tartib 
raqamlari bir-biridan keskin farq qiluvchi elementlar birikmalari (PbS, ThO
2
, va h. 
k.), tartib raqamlari bir-biriga yaqin elementlar birikmalari (Ni
3
Mn va h. k.), bir 
elementning maʼlum izotoplaridan tuzilgan birikmalar va boshqa ko’pgina 
murakkab birikmalarning tuzilishi o’rganiladi. Birikmalar tuzilishini o’rganish 
uchun struktura neytronografiyasi mavjud. Suyuq moddalarni tahlil qilishda ham 
neytronografiya juda qo’l keladi. Bunda tahlil qilinadigan modda solingan idish 
devorlaridan neytronlar deyarli susaymasdan o’tadi va rentgen nurlariga nisbatan 
103-104 marta kam yutiladi. Tajribalarning keng temperatura (1 dan 1500 K 
gacha) va bosim oralig’ida olib borilishi va boshqa omillar neytronografiya 
usulining boshqa usullardan afzalligini ko’rsatadi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin