D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollari



Yüklə 5,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/59
tarix07.01.2024
ölçüsü5,09 Kb.
#203007
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
61e54be6345e45.35724858

 
IPv6 paket formati 
Quyidagi 3.2-rasmda IPv6 sarlovhasining formati aks ettirilgan. 


65 

Versiyalar 

Imtiyoz 
24 
Oqim belgisi 
16 
Ma‘lumotlar o‗lchami 

Keyingi
sarlovha 

Qadamlarning 
cheklangan soni
128 
Jo‗natuvchining manzili 
128 
Qabul qiluvchining manzili 
Ma‘lumotlar (Data) 
... 
3.2-rasm. IPv6 paketining formati 
―Versiya‖ maydoni Internet protokoli versiyasining 4 bitlik kod raqami. 
Imtiyozning 4 bitlik ―Imtiyoz‖ maydoni IPv6 sarlovhasida jo‗natuvchiga paketlarni 
yetkazishning nisbiy ustuvorligini identifikatsiyalash imkonini beradi. 
Imtiyozlarning qiymatlari ikki diapazonga bo‗linadi. 0 dan 7 gacha kodlar trafik 
ustuvorligini berish uchun foydalaniladi. U uchun jo‗natuvchi ortiqcha yuklanish 
ustidan nazoratii amalga oshiradi (misol uchun, ortiqcha yuklanish signaliga 
javoban TCP oqimini pasaytiradi). 8 dan 15 gacha bo‗lgan qiymatlar trafik 
ustuvorligini aniqlash uchun foydalaniladi. U uchun ortiqcha yuklanish signaliga 
javoban oqimni pasaytirish amalga oshirilmaydi. Misol uchun, doimiy (turg‗un) 
chastota bilan yuboriladigan ―real vaqt‖ paketlari ko‘rinishida.
―Oqim belgisi‖ – oqim belgisining 24 bitlik kod maydoni IPv6 sarlovhasida 
jo‗natuvchi tomonidan paketlarni ajratish uchun foydalanilishi mumkin. Ular 
uchun marshrutlashtiruvchida maxsus qayta ishlash talab etilmaydi. Misol uchun, 
nostandart QoS yoki ―real-time‖ xizmati kabi. 
Ma’lumotlar o‘lchami - belgisiz 16 bitlik son
. O‗zida ma‘lumotlar 


66 
maydonining oktetlardagi uzunlik kodini tashiydi va u paket sarlovhasidan so‗ng 
keladi. Agar kod 0 ga teng bo‗lsa, u holda ma‘lumotlar maydoni uzunligi jumboq 
ma‘lumotlar maydonida yozilgan bo‗ladi va u o‗z navbatida opsiyalar zonasida 
saqlanadi.
Keyingi sarlovha – 2 bitlik ajratuvchi
. IPv6 sarlovhadan keyin bevosita 
keluvchi sarlovha turini identifikatsiyalaydi. IPv4 protokoli ishlatadigan 
qiymatlardan foydalanadi.
Qadamlarning chegaralangan soni (paketning maksimal yashash vaqti) – 8 
bitlik belgisiz butun son. Paket o‗tuvchi har bir qurilmada bittaga kamayadi. 
Qadamlar nolga teng bo‗lganda paket yo‗q qilinadi. 
IPv4 dan farqli o‗laroq, IPv6 qurilmalari paketlarning maksimal yashash 
vaqtini belgilanishini talab etmaydi. Shu sababli IPv4 ―time to live‖ (TTL) 
maydoni IPv6 uchun ―hop limit‖ – qadamlarning chegaralangan soni deb 
nomlangan. Amaliyotda unchalik ko‗p bo‗lmagan IPv4 ilovalar TTL bo‗yicha 
cheklovlardan foydalanadilar. 
―Jo‗natuvchi manzili‖ va ―Qabul qiluvchining manzili‖ maydonlariga 
manzil uzunligi IPv4 ga nisbatan uzun bo‗lganligi uchun 128 bit ajratilgan.

Yüklə 5,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin