D tashmuxamedova


AQSh va Rossiya Federatsiyasida g‘aznachilik tizimi faoliyati



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə133/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

AQSh va Rossiya Federatsiyasida g‘aznachilik tizimi faoliyati


AQSh Senat Kongressining qaroriga muvofiq, g‘aznachilik moliyani boshqaruvchi doimiy organ hisoblanadi. Uning barcha vazifalarini quyidagi organlar bajaradi. G‘aznachilik sekretarlari - bosh idora, kontroler, auditor, g‘aznachilik inspektori va g‘aznachilik sekretariat yordamchisi. G‘aznachilik sekretari lavozimiga birinchi bo‘lib A.Gaminton tayinlangan bo‘lib, u 1789-yil 11- sentabrdan 1795-yilgacha ushbu vazifani bajardi. O‘n yillar mobaynida g‘aznachilik funksiyasi kengaytib va murakkablashib bordi. Bugungi kunda G‘aznachilik AQShda hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat loyihalarini ishlab chiquvchi yagona muassasasidir. AQShda g‘aznachilik uchta asosiy funksiyani bajaradi:

  1. Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, soliq siyosatini yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo‘yicha asosiy iqtisodiy maslahatchisidir.

  2. G‘aznachilik davlatga moliya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:

  • davlat pul mablag‘larini hisobga olish;

  • omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish;

  • soliq to‘lovlari va bojxona bojlarini yig‘ish;

  • milliy banklar faoliyatini nazorat qilish;

  • tangalar zarb qilish, qog‘oz pullar va pochta markalari chiqarish.

  1. Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g‘aznachilik Prezident, Vitse prezident ularning oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U firibgarlar, kontrabandist, butlegerlar, davlat chek va qimmatbaho qog‘ozlarini qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash, o‘q otar qurollar savdosini nazorat qilish va qonun nazorati bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan ortiq federal tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda g‘aznachilik AQSh hukumatining tashqi aloqalar bo‘yicha vakilidir. AQSh tomonidan XVF, XTTB, Amerika taraqqiyot bankining boshqaruvchisidir. Shuningdek AQSh G‘aznachiligi ko‘p sonli qo‘mita va uyushma, sug‘urta fondining a’zosidir.

G‘aznachilik milliy omonat muassasalari faoliyatini nazorat qiladi, ularga litsenziyalar beradi va omonat xolding kompaniyalarini faoliyatini nazorat qiladi. Xolding – aktsiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi, o‘z mablag‘ini boshqa kompaniyalar nazorat paketini sotib olishga sarflaydi va ularni nazorat qiladi.
G‘aznachilik Kongressga mamlakatning moliyaviy holati bo‘yicha yillik hisobot tayyorlaydi va taqdim etadi. G‘aznachilik tomonidan doimiy nashr etiladigan hisobotlar g‘aznachilikning kunlik hisoboti, AQShning ichki qarzi bo‘yicha oylik hisobot, AQShning daromad va xarajatlari bo‘yicha oylik hisobot va muomaladagi pul mablag‘lari bo‘yicha oylik hisobotni o‘z ichiga oladi. Shuningdek g‘aznachilik oylik byudjetni ham chop etadi. Oylik byudjetda quyidagi ma’lumotlar beriladi:

  • Federal hukumatning moliyaviy operatsiyalari;

  • Federal hukumatning pul majburiyatlari;

  • G‘aznachilik hisobvarag‘idagi federal va qarz mablag‘lari statistikasi;

  • davlat qarzlarini moliyalashtirish;

  • davlat omonat obligatsiyalari;

  • davlat qimmatli qog‘ozlaring bozor kotirovkasi;

  • davlat qimmatli qog‘ozlarning egalik tarkibi;

  • tijorat banklaridagi g‘aznachilik mulki tarkibi;

  • uzoq muddatli obligatsiyalarining daromadlilik darajasi;

  • xalqaro moliyaviy statistika;

  • kapital harakatlar statistikasi.

  • valyuta rezervlari;

  • davlat agentliklari va fondlarining moliyaviy operatsiyalari.

AQSh G‘aznachiligi Nyu-Yorkdagi Federal jamg‘arma bankidagi o‘zining yagona hisobraqami bo‘yicha barcha tushumlarni va to‘lovlarni nazorat qiladi hamda hukumatning bankdagi hisobraqamlarini nazorat qiladi. G‘aznachilik tushumlarini yig‘ish uchun bank tizimidan foydalanadi.G‘aznachilik 4-6 oyga kunlik taqsimoti bilan, o‘zgaruvchan moliyaviy grafikni tayyorlaydi va uni har oyda yangilaydi.
AQSh G‘aznachiligi o‘z vakolatlari doirasida :

    • davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarishni nazorat qiladi va hajmi, muddatlari va auktsionlarda joylashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi.

    • qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozori uchun tartib- qoidalarni belgilaydi;

    • barcha soliq va bojxona bojlarini yig‘adi va ayrim muassasalar uchun foydalanganlik va xizmatlar uchun to‘lovlarni markazlashgan tarzda yig‘ishni ta’minlaydi.

    • xarajatlarga byudjet birligi talabnomasi bo‘yicha byudjet ajratmalari doirasida amalga oshiriladi. Ajratmalar tuzilmasi G‘aznachilik va Ma’muriy - byudjet boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi;

    • buxgalteriya hisob-kitobida tashkilotlarga yo‘riqnomalarni tayyorlash, ularning talabnomalarini olish, har oylik hisobotlarni va yillik moliyaviy qaydnomalarni tayyorlash uchun javob beradi.

Dunyoning rivojlangan kapitalistik davlati - AQShda davlat byudjetini tayyorlash va ijrosini tashkil etilishiga mamlakat prezidentining Ma’muriyatiga kiruvchi Byudjet Boshqaruvi Idorasi (Office of Management and Budget) (BBI)
javob beradi. AQSh Kongressi tomonidan ajratmalar xarajatlari haqidagi qarorlar Prezident ma’muriyatidagi tarmoqlar departamentlari orqali nazorat qilinadi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ichki (byudjet tashkiloti, g‘aznachilik, firma, korporativ) va tashqi (auiditorlik) nazoratlariga bo‘linadi. Nazoratning davlat va nodavlat turlari o‘tkazish usullariga ko‘ra o‘xshash bo‘lishi bilan birgalikda oxirgi maqsadlari bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa- xo‘jalik subyektlari tomonidan davlat hisobiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish hisobiga qo‘yilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi.
AQSh g‘aznachiligi (Treasure Department) hamma davlat tushumlari va to‘lovlar tizimi ustidan nazoratni amalga oshiradi. G‘aznachilik tarkibiga Soliq boshqaruvi va Bojxona boshqaruvi kiradi. Shu bo‘linmalar orqali G‘aznachilik, hamma soliq va bojxona yig‘imlari va davlat bojlari hamda ayrim muassasalar xizmatlari evaziga tushumlarni yig‘ib oladi. G‘aznachilikning bosh hisobraqami Federal rezerv tizimida (AQSh Markaziy bankida) yuritiladi. Shu bilan birga g‘aznachilik hukumat hisobraqamini nazorat qiladi. Daromadlar va tushumlar yig‘imi bank tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat mablag‘lari xarajatini hisobi va auditini Bosh Nazoratchi boshchiligidagi Bosh Hisob Boshqarmasi (BHB) (General Accounting Office) ta’minlaydi. Byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari va prognozi Internet tizimida AQSh G‘aznachiligining saytida chop etiladi. Chop etilgan ma’lumotlarning maxsus bo‘limi kassa operatsiyalari va majburiyatlarni bajarish operatsiyalariga bag‘ishlangan. Kongressning taqdimotiga va Prezident tasdiqlagan ajratmalarga asoslangan ravishda byudjet mablag‘larini oluvchilar G‘aznachilikka rasmiy talabnoma taqdim qilishadi. G‘aznachilik departamentlarga ajratilgan ulushni Byudjet Boshqaruvi Idorasi bilan birgalikda nazorat qiladi. Shu bilan birga, BBI departamentlar xarajatlari tarkibiga umumiy holda javob beradi.

          1. jadval

AQSh davlat moliyasi boshqarmasining qatnashchilari 135







Byudjet ijrosi va hisoboti




Auditor bahosi

Moliya boshqaruvi tizimi

Kongress

Qo‘shimcha, muddati uzaytirilgan, bekor qilingan xarajatlar va qayta dasturlangan xarajatlar to‘g‘risidagi qonun. Dasturlar monitoringi.




Moliyaviy hisobotlarga so‘ralganlarni
aniqlash.Nazorat o‘tqazilishi.
GUBU(rus) va bashqalarda audit va ko‘rib chiqishlar
talabnomasi.

Ajratilgan vositalarga hisobot tarkibini tuzish. Moliya va boshqaruv vositalari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish.

Byudjet Boshqarmasi Idorasi (BBI)

Byudjet vakolatini
taqsimlash. Muddati uzaytirilgan va bekor qilinganlar bo‘yicha takliflar tayyorlash. Taklif qilingan qo‘shimcha xarajatlarni qayta ishlash. Agentlik faoliyati natijalarini kuzatish.




Byudjet inspektorlari tomonidan nazorat. Agentlikning baholanishi.

Agentlikning ma’muriy vositalar nazorati nizomining tasdiqlanishi.
Moliyaviy menejmentning xarid bo‘yicha joriy muammolari aylanishini ishlab
chiqish.

Departamentlar Agentliklar

Byudjet ijrosi. Ijro monitoringi. Markaziy
agentlikning hisoboti. Markaziy agentliklarga
hisobotlar. Kundalik operatsiyalar boshqaruvi.




Ichki audit va baholashni
o‘tqazilishi. Ijro organlari va Kongress talabnomalariga javoblar tayyorlash.

Moliyaviy bshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy qilish. Ichki va tashqi maqsadlar uchun moliyaviy
hisobotlarni tayyorlash.

G‘aznachilik

Hukumat bankiri. Kassa ijrosi va majburiyatlarini boshqarish. Mablag‘lar
boshqaruvini amalga oshirish. Agentlikning xarajatlarini ularning xarajat
huquqlari bilan taqqoslash.




O‘tqazmaslik.

Umumdavlat hisob tizimini qo‘llab- quvvatlash.
Umumdavlat moliyaviy hisobotini tayyorlash.

BHB

Hisobot Mablag‘lar xarajatlarini ushlab qolinishi va bu haqida hisobot berish. Davolar o‘tqazilishini muvofiqlashtirish.




Federal programmalarni va operatsiyalarni
ko‘rinishi. Davlat korporatsiyalarining moliyaviy hisoboti auditi va
Kongressning ishga doir faolligi auditi.

Hisob tamoyillari va standartlari farmoyishi.
Agentlikning uchyot sistemasini tasdiqlanishi. Federal fiskal, byudjet programmalariga tegishli bo‘lgan
standartlar ishlovining sharoiti.




135Allen Schick, Robert Keith, Edward Davis. Manual on the Federal Budget Process.CRS Report for the Congress. 1991.P 172.
Rasmiy to‘lov talabnomalari va to‘lov hujjatlariga asosan g‘azna taqdim qilingan talabnomalarni to‘lab beradi. Odatda to‘lov vositalari sifatida cheklar ishlatiladi. Lekin oxirgi yillarda ularning o‘rnini elektron to‘lovlar egallamoqda. Quyidagi jadvalda AQSh davlat moliya boshqarmasi tizimi byudjet jarayoni qatnashchilari javobgarligi va majburiyatlari ko‘rsatilgan. AQShda davlat byudjeti ijrosi G‘aznachilik va Byudjet Boshqaruvi Idorasi bilan izchil hamkorlikka asoslangan holda amalga oshiriladi. Byudjet Boshqarmasi Idorasi hisobot yilidagi Byudjet ijrosi qonuniga asosan Prezident ma’muriyatining turli departamentlararo xarajatlar smetasi, shuningdek xarajatlar hisobi taqsimlanishini amalga oshiradi. G‘aznachilik makroiqtisodiy holat istiqbollarining belgilanganligiga asosan, davlat g‘aznachiligiga daromadlar tushumining hisobini ta‘minlaydi. G‘aznachilik xarajatlar oqimini hamda daromad tushumlari oqimini ta’minlaydi. Shu maqsadda G‘aznachilik Departamenti va tarmoqlar departamentlari orasida doimiy maslahatlar olib boriladi. Tushumlar bilan belgilangan xarajatlar qoplanmagan taqdirda AQSh G‘aznachiligi, unga berilgan vakolatdan foydalanib, yangi qarz majburiyatlarini chiqarishni va hisobini tashkil etadi.

  1. Kongress, BBI, G‘aznachilik Departamenti va BHB xarajatlar siyosati uchun umumdavlat oldida javobgardir. Shuningdek agentlik o‘zinig moliyaviy resurslarini boshqaruvida ham javobgar hisoblanadi.

  2. Kongress Federal dasturlari nazoratini olib boradi va tez-tez BHBB va boshqalardan baholashni talab qiladi.

  3. BBI agentliklararo mablag‘larni taqsimlaydi, xarajatlar va faoliyat natijalarini kuzatadi. Moliyaviy menejment bo‘yicha turli xil yo‘riqnomalarni chiqaradi. Agentliklar xarajatlar rejalarini ishlab chiqadi va o‘zlarining resurslarini boshqaradi. Ular o‘zlarining moliyaviy operatsiyalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlashadi va ichki nazorat tizimini me’yorda saqlaydilar.

  4. Agentliklar o‘zlarining xarajatlari yuzasidan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobot tayyorlab, ichki nazorat tizimini me’yorida saqlaydilar.

  5. G‘aznachilik Departamenti markaziy ajratmalar va schyot fondlari bilan shug‘ullanib, majburiyatlari va mavjudligi boshqaruviga javob beradi.

  6. BHB federal dasturlarga baho beradi va davlat korporatsiyalari moliyaviy hisoboti auditi o‘tkazilib, standart va buxgalteriya hisobi tamoyillari va standartlari o‘rnatilib, agentlikning buxgalteriya hisobi sistemasini tasdiqlab beradi. Davlat xarajatlari mablag‘larini hisobi va auditi Bosh Nazoratchi boshchiligida ta’minlash Bosh Hisob Boshqarmasi ta’minlaydi.

G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlarning (T-Bills-g‘aznachilik majburiyatlari). chiqarilishi va aylanishini to‘liq nazoratini ta’minlaydi Bu yerda davlat majburiyatlari qaysi muddatda chiqarilish hajmi kabi savollar ko‘rib chiqiladi. Davlatning uzoq muddatli majburiyatlarini samarali tashkillashtirish, g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlarini ikkilamchi bozorida o‘rnatishga yordam beradi.
AQSh Federal hukumati pul mablag‘larining barcha kassa oqimlarini G‘aznachilikning AQSh Federal Rezerv tizimida ochilgan hisobidan o‘tadi. Uning vazifasiga G‘aznachilikning hisobini olib borish va elektron to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni o‘tkazishni ta’minlash kiradi. Dunyodagi boshqa mamlakatlarning Markaziy banklaridek, Federal rezerv tizimi monetar siyosatni va bank faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi hamda iqtisodiy statistikani olib boradi.

Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin