D tashmuxamedovaMoliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish chog‘ida G‘aznachilik
rasm. Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish chog‘ida G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan nazorat1 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 123-moddasi asosida. Amal qilish muddati o‘tgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) haqini to‘lash bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy moliya yili doirasida, hisobvaraq-fakturalar va o‘zaro majburiyatlarni solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Moliyaviy majburiyatlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek sud qarorlari bo‘yicha to‘lovlar, yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul qilinadi. G‘aznachilik bo‘linmalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning buyurtmalari bo‘yicha to‘lovlarni ularda byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarni to‘lash uchun to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan sanadan kamida bir ish kuni oldin taqdim etadi. G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan byudjet tashkilotlari (byudjet mablag‘lari oluvchilar) o‘rtasidagi, byudjet tizimi byudjetlarining turli darajalari o‘rtasidagi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi to‘lovlar g‘azna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning chet el valyutasidagi to‘lovlari hamda pul o‘tkazmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga oshiriladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari hisobidan o‘tgan moliya yilida hosil bo‘lgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qo‘shimcha davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli byudjet daromadlariga o‘tkaziladi1. G‘aznachilik organlarida pul mablag‘larini samarali boshqarish, moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash maqsadida xarajatlarni to‘lash ruxsati (XTR) joriy etilgan. Bunda har haftada pul mablag‘larini boshqarish bo‘linmasi kassa rejasini yangilaydi va XTR hajmini belgilaydi. So‘ngra byudjet tasnifiga muvofiq byudjet tashkilotlariga XTR beriladi. XTR lar muayyan muddatga yoziladi va shu muddat o‘tgandan so‘ng ular o‘z kuchini yo‘qotadi.(2- rasm) Yüklə 5,5 Mb. Dostları ilə paylaş: |