rasm. Shartnomalar tuzmasdan yuridik majburiyatlar yuzaga kelishiga asos bo‘luvchi hujjatlar
Quyidagi hollarda shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mazkur hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
avtotransport, mashina, texnika va uskunalarni joriy, o‘rta va mukammal ta’mirlashda — nuqson dalolatnomasi;
bino va inshootlarni joriy va o‘rta ta’mirlashda — loyiha-smeta hujjatlarini (bajariladigan ishlar summasi O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yuz baravaridan oshgan hollarda) ekspertizadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa nusxasi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
v) binolar, inshootlar va ichki xo‘jalik yo‘llarini mukammal ta’mirlashda:
IVguruhxarajatlaribo‘yichashartnomalarniro‘yxatdano‘tkazishbuyurtmachilarg‘aznachilikbo‘linmalarigaquyidagihujjatlarnitaqdimetadi:
shartnomaningikkiaslivabir nusxasi;
ikkiaslnusxadaTo‘lovlarjadvali(agarshartnomavazifajihatidantasnifningbirnechtakodlaribo‘yichatuzilganbo‘lsa,undabyudjettasnifining tegishli kodlarialohida ko‘rsatiladi);
shartnoma summasi 1000 AQSh dollari miqdorigachasummani tashkiletgandayetkazibberuvchilarningengyaxshitakliflarinitanlabolishbo‘yichaerkinsavdolaro‘tkazish bayonnomasi nusxasi;
tegishlifaoliyatturiuchunlitsenziyaningyokiruxsatnomatusidagihujjatning nusxasi (tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishqonunhujjatlarigamuvofiqlitsenziyalashniyokiruxsatnomatusidagihujjatolishni talab qilsa). Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatining yokijalb qilinganadvokatning imzosibo‘lishishart.
binolar, inshootlar va ichki xo‘jalik yo‘llarini mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxati nusxasi;
loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilganligi bo‘yicha xulosa nusxasi;
shartnoma summasi 50 ming AQSh dollari va undan ortiq miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tender savdolarini o‘tkazish bayonnomasi nusxasi;
shartnoma summasi 50 ming AQSh dollaridan kam miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq erkin savdolar o‘tkazish bayonnomasi nusxasi.
Buyurtmachilarning Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun g‘aznachilik bo‘linmalariga
shartnomalar tegishli Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi. Mazkur shartnomalarning (Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ikki asli va bir nusxasi bilan birga g‘aznachilik bo‘linmalariga ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali taqdim etiladi.
Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
Bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar bo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi;
qo‘shimcha kelishuvning ikki asli va bir nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali.
Bunda qo‘shimcha kelishuvda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.
Ambulatoriya sharoitida davolanayotgan alohida toifadagi bemorlarni imtiyozli retseptlar bo‘yicha dori vositalari bilan ta’minlash uchun hududiy sog‘liqni saqlash bo‘limlari yoki ambulatoriya-poliklinika muassasalari xarajatlar smetasi doirasida, bemorlarga yozib berilgan retseptlar asosida berilgan dori vositalari qiymatini to‘lash uchun oldindan tanlov, tender yoki elektron savdolari o‘tkazmasdan, shuningdek birjaning maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirmasdan dorixona muassasalari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi. Mazkur shartnomalar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda hududiy sog‘liqni saqlash bo‘limlari yoki ambulatoriya- poliklinika muassasalari shartnoma summasidan kelib chiqib va xarajatlar smetasi doirasida oylik summadan 15 foiz miqdorda har oylik oldindan to‘lovni
amalga oshiradi. Yakuniy hisob-kitob dorixona muassasalari tomonidan haqiqatda yetkazib berilgan dori vositalari miqdoridan kelib chiqib yozib berilgan hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi.
IV guruh xarajatlari hisobiga naqd pul mablag‘lari to‘lash faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
«O‘qitish xarajatlari», «Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari»,
«Boshqa xarajatlar» va xarajatlar smetasining boshqa xarajat moddalaridan naqd pul olish bo‘yicha yuridik majburiyatlari g‘aznachilik bo‘linmalarida buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish tartibi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi:
ikki asl nusxada YuMMR buyurtmasi;
buyurtmachilarning (xodimni xizmat safariga yuborish, tadbirni o‘tkazish va boshqalar to‘g‘risidagi) buyrug‘i nusxasi.
Bunda davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarishga iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida mablag‘lar oluvchi buyurtmachilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlari YuMMR buyurtmasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari buyurtmachilar tomonidan shartnoma yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida:
ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligini;
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda tomonlarning zarur rekvizitlari, muhr va imzolari mavjudligini;
muhr izi va imzolarning buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini;
shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda ko‘rsatilgan summani shartnomada yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligini tekshiradi.
Buyurtmachilarning shartnomalari va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalari yuzasidan tekshirishda kamchiliklar bo‘lmagan hollarda shartnomalar yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar taqdim etilganidan so‘ng to‘rtinchiish kunidankechikmasdan g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan:
byudjetdan ajratilgan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha —
ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — hisobga olinadi.
Talablarga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma ko‘rsatgan holda qaytariladi.
Qaytarilgan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumot hisobi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan «O‘RMV» ATda elektron ko‘rinishda Qaytarilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobida yuritiladi.
Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko‘rsatilgan barcha kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda yoki Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarda avval Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko‘rsatilmagan boshqa kamchiliklar bo‘lmaganda g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan buyurtmachilarga shartnomalarni va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan
o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalarni takroran qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.