D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə63/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari (ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni ham inobatga olgan holda) (bundan buyon matnda shartnomalar deb yuritiladi) asosida g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.

Bunda shartnomalarda qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans to‘lovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi nazarda tutiladi. III guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechiktirmasdan tuzilishi lozim, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.

Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.


Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtiriladi. Kapital qo‘yilmaga xarajatlar turli manbalar hisobidan, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida, Davlat byudjeti mablag‘lari, kredit mablag‘lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar, ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish
kuni mobaynida shartnomada ko‘rsatilgan summani shartnomada ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplashga tegishli manbaning (byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligini, tomonlarning zarur rekvizitlari, muhrlari va imzolari, muhrlar va imzolarning kapital qo‘yilma buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan imzolar namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolar va muhr iziga mosligini, tegishli hujjatlarning mavjudligini tekshiradi.


III guruh xarajatlari yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasi;
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
shartnoma summasi 50 ming AQSh dollaridan kam miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq erkin savdolar o‘tkazish bayonnomasi nusxasi;
shartnoma summasi 50 ming AQSh dollari va undan ortiq miqdorni tashkil etganida qonun hujjatlariga muvofiq tanlov (tender) savdolari o‘tkazish bayonnomasi nusxasi;
agar shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tanlov (tender) savdolarisiz tuzilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorining nusxasi;
tanlov savdolari natijalari hisobotining O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishilgan nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining qurilish- montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
manzilli ro‘yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi;
qurilish obyekti titul ro‘yxati nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo‘lganda);
moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, hisob-kitob (smeta) qiymati 2,0 mlrd so‘m va undan ortiq bo‘lgan ijtimoiy va fuqaro obyektlari bo‘yicha qurish va rekonstruktsiya qilishning manzilli ro‘yxatlarining Hukumat komissiyasi tomonidan


Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin