Yuridik majburiyat byudjetdan mablag‘ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Moliyaviy majburiyatlar
– byudjet tashkilotlarida va byudjetdan mablag‘ oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazib berish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar
G‘aznachilik organlarida byudjet tashkiloti rahbari va u tomonidan mas’ul etib tayinlangan shaxslarning imzo namunalari va tashkilotning muhr izi namunalari G‘aznachilikning maxsus kartochkalarida saqlanadi. Imzo namunalari va muhr izi kartochkalari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Kartochkalarning bir nusxasi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga oluvchi mutaxassisda, ikkinchi nusxasi xarajatlar to‘lovini nazorat qiluvchi mutaxassisda saqlanadi.
G‘aznachilikda ikki turdagi majburiyat amal qiladi: yuridik majburiyat vamoliyaviymajburiyat. Yuridik majburiyat byudjetdan mablag‘ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlarni tegishli G‘aznachilik organlarida majburiy ravishda ro‘yxatga olishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - byudjet nazoratining
samaradorligini yanada oshirish, shartnomalarda nazarda tutilgan xarajatlarning tasdiqlangan rejadan (xarajatlar smetasi ko‘rsatkichlaridan) ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Moliyaviy majburiyatlar – byudjet tashkilotlarida va byudjetdan mablag‘ oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazib berish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘lib, ular qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to‘lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalari hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan yuridik majburiyatlarni qabul qilish, ularni G‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hisobga olish ishlari “O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22- noyabrdagi 88-son buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda №2580 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” asosida tartibga solinadi va amalga oshiriladi.
Byudjet Kodeksida: “yuridik majburiyatlar – byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar”1 deb belgilab qo‘yilgan.
Yuridik majburiyatlar byudjet tasnifining turi bo‘lgan iqtisodiy tasnif kodlari bo‘yicha byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan qabul qilinadi hamda G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
1 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. 3-modda.