Majburiyat– bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, so‘zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va’da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, ma’lum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi, ya’ni mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to‘lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarni amalga oshirilishini anglatadi.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o‘rin egallaydi (1-rasm):
1Treasury Management: The Practitioner's Guide (Wiley Corporate F&A) (Steven M. Bragg). John wily &Sons Inc. Hoboki, New jersey. Canada, 2010 year.
1-rasm.Majburiyatlarni hisobga olish tizimidagi omillar1
Majburiyatlarniqabulqilishdaquyidagilarasosbo‘lib xizmat qiladi:
imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kontrakt va shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va xizmatlar xaridlari bo‘yicha hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning tovar va xizmatlari sifati va boshqa xususiyatlarini tasdiqlovchi patentlar, litsenziyalar va boshqalar;
ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar;
1 U.Burxonov. Davlat xaridi. T.: infoCOM.UZ. 2010. 99 b.
2-rasm.Majburiyatlarni qabul qilish asoslari
jarimalar va sud qarorlariga asosan penyalar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi tegishli davlat vakolatli organlari qarorlari;
byudjet dotatsiyalarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga asos bo‘luvchi hujjatlar.
Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar – bu byudjetdan mablag‘ oluvchilar va byudjet tashkilotlari rahbarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar hisoblanadi. G‘aznachilikda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan byudjetdan
mablag‘ oluvchi tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida G‘aznachilik bo‘linmalari bilan ishlash uchun aniq xodimlar belgilanadi.