D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə66/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

IV guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli
ro‘yxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan kapital ta’mirlash xarajatlari bo‘yicha shartnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko‘ra shartnoma qo‘shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu shartnoma bo‘yicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yo‘qligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning (byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari rasmiylashtiriladi. Buyurtmachilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini so‘rab oladi. Ushbu hujjatlar nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun taqdim etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi.
Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, mos ravishda, byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari hajmi bilan chegaralanadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida tuzilgan asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tanlov (tender) savdolari o‘tkazilishi talab qilinmaydigan hollarda mazkur qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha To‘lovlar jadvalida birinchi chorak uchun nazarda tutilgan summa asosiy shartnoma bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan kam bo‘lmaslik sharti bilan tuzilishi mumkin.
Buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga bitta tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi (pudratchi) bilan xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifining bir nechta kodi bo‘yicha shartnomalar tuzishda shartnomalarda har bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i va ulardan to‘lov summasi majburiy tartibda alohida ko‘rsatiladi. Mazkur shartnomalar g‘aznachilik bo‘linmalariga vazifa jihatidan tasnifining har bir bo‘limi va kichik bo‘limi alohida ko‘rsatilgan holda ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali bilan birga taqdim etiladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun shartnomalarga ilova qilinadigan hujjatlar buyurtmachilar tomonidan bir nusxada taqdim etiladi.
IV guruh bo‘yicha xarajatlarni turli manbalar hisobidan – Davlat byudjeti mablag‘lari, kredit mablag‘lari, davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek xalqaro va chet el hukumat hamda nohukumat tashkilotlari va boshqalar qarzlari hamda grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan hollarda shartnomalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnomalarda tovarlar miqdori (ishlar va xizmatlar hajmi), tovarlar (ishlar va xizmatlar) birligining narxi va umumiy summasi yoki ish hajmi summasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar, kvitantsiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

    • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;

    • iqtisod qilingan mablag‘larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish;

    • tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan

mablag‘larni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkazish;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa to‘lovlarni to‘lash.



Shartnomalar tuzmasdan yuridik majburiyatlar yuzaga kelishiga asos bo’luvchi hujjatlar

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash hujjatlari


iqtisod qilingan mablag‘’larni Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazish hujjatlari


tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag‘’lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo’lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan mablag‘’larni Tibbiyot tashkilotlarining moddiy
qonun hujjatlariga hujjatlari muvofiq boshqa to’lovlarni hujjatlari



          1. Yüklə 5,5 Mb.

            Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin