D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə64/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

tasdiqlangan nusxasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari mavjud bo‘lgan obyektlar bundan mustasno);
obyektlarni parallel ravishda loyihalashtirish bilan bir vaqtda qurish va rekonstruktsiya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori nusxasi. Bunda shartnomalarda tomonlar yuridik xizmatlarining yoki jalb qilingan advokatlarning imzosi bo‘lishi shart.


Shartnomalarni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirishda kamchiliklar bo‘lmagan hollarda shartnomalar taqdim etilganidan so‘ng to‘rtinchi ish kunidan kechiktirmay g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan:


-byudjetdan ajratilgan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
-vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — hisobga olinadi.
“O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari”1 talablariga nomuvofiq holda taqdim etilgan shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan yoki hisobga olinmasdan, Shartnomalarni qaytarish varaqasida uni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki hisobga olmasdan qaytarishning asosli sabablarini yozma ko‘rsatgan holda qaytariladi.
Qaytarilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumot hisobi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan «O‘RMV» ATda elektron ko‘rinishda belgilangan shaklda Qaytarilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobida yuritiladi. Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko‘rsatilgan barcha kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgan hollarda, shuningdek qayta taqdim etilgan shartnomalarda avval Shartnomalarni qaytarish varaqalarida ko‘rsatilmagan boshqa kamchiliklar bo‘lmaganda g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shartnomani kapital qo‘yilma buyurtmachilariga takroran qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



1 O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami №2580



          1. Yüklə 5,5 Mb.

            Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin