rasm.G‘aznachilik organlariga yuridik majburiyatni ro‘yxatga olish uchun hujjatlar paketini taqdim etish
G‘aznachilikbo‘linmalaritomonidanshartnomalarniro‘yxatdano‘tkazish va hisobgaolish quyidagi tartibda amalgaoshiriladi:
byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatib «Ro‘yxatdan o‘tkazildi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish, shuningdek g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli shaxsi tomonidan shaxsiy imzosini va «Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish» muhrini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — mas’ul xodim tomonidan shartnomaning birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda
«Shartnomabo‘yichato‘lovlarshaxsiyg‘aznahisobvarag‘iqoldig‘i doirasida amalga oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish hamda vakolatli shaxs tomonidan shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga olinadi.
Shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng shartnomaning ikkita asli va To‘lovlar jadvalining bitta aslikapital qo‘yilma buyurtmachisiga qaytariladi, ro‘yxatga olingan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi, To‘lovlar jadvalining ikkinchi asliva shartnoma bilan taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.
Manzilli ro‘yxatlar asosida bir necha yil amalga oshiriladigan shartnomalar bo‘yicha joriy moliya yilining yuridik majburiyatlari g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan kapital qo‘yilmalarning joriy moliya yili uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.
Bajarishmuddatibiryildanortiqmuddatnitashkiletadiganshartnomalarbo‘yicha yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yilida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladigan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
ilgari g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomaning nusxasi;
qo‘shimcha kelishuvning ikkita asli va bitta nusxasi (asosiy shartnoma shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda);
ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali;
manzilli ro‘yxat (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi;
qurilish obyekti titul ro‘yxati nusxasi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobga olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga
buyurtmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi «O‘RMV» ATda Shartnomalarniro‘yxatdano‘tkazish(hisobgaolish)kitobida elektron ko‘rinishda yuritiladi.
guruhxarajatlaribo‘yichayuridikmajburiyatlarbuyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.
Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to‘lashi lozim bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‘yxati tasdiqlanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 241-son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi, mazut, ko‘mir, benzin, dizel yoqilg‘isi, mineral o‘g‘itlar, shuningdek, avia va temiryo‘l chiptalari, sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanmalar ,barcha turdagi shahar yo‘lovchi transporti yo‘l kartochkalari kabilarni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to‘lov joriy etilgan.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo‘yicha shartnomalari, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu shartnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o‘tganidan va hisobga qo‘yilganidan so‘ng G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda shartnomalarda ko‘rsatilgan summalar G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi.