Hudud nomi
|
Ro‘yxatga olingan shartnomalar
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
1
|
Qoraqalpog‘iston Resp.
|
55 287
|
69 327
|
76 681
|
86 728
|
60 952
|
60 455
|
2
|
Andijon viloyati
|
56 473
|
82 614
|
110 110
|
118 175
|
80 260
|
69 343
|
3
|
Buxoro viloyati
|
46 651
|
72 133
|
79 107
|
83 781
|
55 132
|
54 261
|
4
|
Jizzax viloyati
|
23 451
|
34 937
|
41 678
|
45 733
|
37 781
|
40 095
|
5
|
Qashqadaryo viloyati
|
34 426
|
54 887
|
59 723
|
65 960
|
51 402
|
43 753
|
6
|
Navoiy viloyati
|
23 751
|
36 124
|
45 314
|
49 142
|
33 372
|
33 401
|
7
|
Namangan viloyati
|
46 023
|
75 956
|
95 619
|
99 954
|
60 840
|
58 125
|
8
|
Samarqand viloyati
|
50 679
|
90 147
|
109 455
|
111 756
|
68 480
|
71 073
|
9
|
Surxandaryo viloyati
|
37 225
|
61 230
|
73 812
|
88 074
|
66 998
|
69 352
|
10
|
Sirdaryo viloyati
|
17 923
|
28 569
|
36 863
|
41 710
|
31 509
|
29 009
|
11
|
Toshkent viloyati
|
58 999
|
86 175
|
105 934
|
120 663
|
72 468
|
64 796
|
12
|
Farg‘ona viloyati
|
80 713
|
130 748
|
174 001
|
168 630
|
95 472
|
87 125
|
13
|
Xorazm viloyati
|
37 145
|
66 544
|
77 433
|
79 716
|
47 853
|
46 849
|
14
|
Toshkent shahri
|
44 225
|
70 443
|
81 687
|
82 267
|
51 211
|
48 487
|
15
|
Amaliyot boshqarmasi
|
55 535
|
78 175
|
101 200
|
106 207
|
71 345
|
67 025
|
J A M I
|
668 506
|
1 038
009
|
1 268
617
|
1 348
496
|
885 075
|
843 149
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi boshqarmalari va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2012-yil 95102 ta, 2013-yil 118506 ta, 2014-yil 112738 ta, 2015-yil 142999 ta, 2016-yil 101789 ta, 2017-yilda 103800ta shartnomalar g‘aznachilikda ro‘yxatga olinmasdan byudjet tashkilotlariga qaytarildi.
jadval
Ro‘yxatga olinmay qaytarilgan shartnomalar coni to‘g‘ricida.
Yillar
|
JAMI
|
Shu jumladan
|
ro‘yxatga olingan shartnomalar
|
qaytarilgan shartnomalar
|
soni (%)
|
summasi
(%)
|
soni (%)
|
summasi (%)
|
soni (%)
|
summasi (%)
|
2013
|
100
|
100
|
89,8
|
82,9
|
10,2
|
17,1
|
2014
|
100
|
100
|
87,5
|
89,6
|
12,5
|
10,4
|
2015
|
100
|
100
|
90,4
|
87,1
|
9,6
|
12,9
|
2016
|
100
|
100
|
89,7
|
89,2
|
10,3
|
10,8
|
2017
|
100
|
100
|
89,0
|
88,7
|
11,0
|
11,3
|
Yuridik majburiyatlar bo‘limlarida ro‘yxatga olinmay qaytarilgan shartnomalar hajmi 2013–2017-yillar davomida 17,1%dan 11,3%ga kamayganini tahlili shuni
ko‘rsatadiki, xo‘jalik sharnomalarini shakllantirish va taqdim etish tartibiga qat’i rioya etilishi talab etiladi.
Xo‘jalik shartnomasini shakllantirish tartibi
Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda ijtimoiy soha muassasa va tashkilotlari o‘rtasidagi, ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni yetkazib berish bilan bog‘liq munosabatlar muayyan shartnomaviy-huquqiy munosabatlar asosida tashkil etiladi. Bunday munosabatlarga kirishgan taraflar o‘rtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish xo‘jalik shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik shartnomalarini tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (670-son, 29.08.1998.) shular jumlasidandir.
Fuqarolik Kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”. Shuningdek, Fuqarolik Kodeksi bilan fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin ekanliklari, shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma ekanligi, shartnoma bo‘yicha bir taraf
ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to‘lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanishi, agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanishi kabilar belgilab qo‘yilgan.
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat (4-rasm):
rasm. Shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari
Demak, shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan taraflar hech kimning tazyiqisiz, mustaqil va erkin ravishda, o‘zaro manfaatdorlik asosida shartnoma tuzishlari, shartnoma shartlarida belgilangan talablarni so‘zsiz bajarishlari, shartnoma shartlari buzilgan hollarda esa taraflar kontragent oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishda mulkiy javobgar ekanliklari qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
Xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi
(taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, xo‘jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo‘jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko‘rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo‘jalik shartnomalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
xo‘jalik shartnomasida ko‘rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
xo‘jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi;
taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Xo‘jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo‘lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to‘liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini
kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko‘rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra o‘ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo‘lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo‘yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‘rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun hujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno.
Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko‘rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |