D tashmuxamedova



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə75/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

G‘aznachilikmemorialorderiN

Sana

KK.OO.YYYY







To‘lovchi

To‘lovchining nomi










To‘lovchining shaxsiy
g‘azna hisobvarag‘i




STIR




Summa






















Oluvchi

Oluvchining nomi










Daromad shaxsiy g‘azna




STIR




hisobvarag‘i










Summa yozuvda










To‘lov maqsadi






















Rahbar

Imzo

F.I.O.

M.O‘.










Bosh buxgalter

Imzo

F.I.O.













G‘aznachilik memorial orderi N

Sana

KK.OO.YYYY







To‘lovchi

To‘lovchining nomi










To‘lovchining shaxsiy
g‘azna hisobvarag‘i




STIR




Summa






















Oluvchi

Oluvchining nomi










Daromad shaxsiy g‘azna
hisobvarag‘i




STIR




Summa yozuvda










To‘lov maqsadi






















G‘aznachilik bo‘linmasining rahbari yoki vakolatli shaxs

Imzo


F.I.O.


M.O‘.










Mas’ul xodim

Imzo

F.I.O.



5-rasm. G‘aznachilik memorial orderi shakli1


Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan g‘aznachilik memorial orderlari talablariga muvofiq bo‘lganda - g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimi g‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga


«TEKShIRILDI» belgisini, g‘aznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi.
G‘aznachilik memorial orderlari talablarga nomuvofiq bo‘lgan hollarda - g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial





1 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarorining 4-ilovasi asosida.

orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradi.


G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga o‘tkazishda g‘aznachilik memorial orderlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • iqtisod qilingan byudjet mablag‘larini o‘tkazishda – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha – tegishli hududiy moliya organlarining xulosalari, respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha – ushbu byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda ularning rahbarlari va bosh buxgalterlari imzolagan yozma shakldagi murojaatlari;

  • noto‘g‘ri tushgan mablag‘larni qaytarishda buyurtmachilarning xati ilova qilinadi.

Bunda ota-onalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, xodimlardan ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlarni o‘tkazishda va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha hujjatlar ilova qilinmaydi (talab qilinmaydi), biroq to‘lov maqsadida oyi, yili va kimga to‘layotganligi ko‘rsatilishi shart (g‘aznachilik memorial orderi har bir to‘lovchi bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi), shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga mablag‘larni o‘tkazishda ham g‘azna memorial orderiga qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi va to‘lov maqsadida tegishli qonun hujjati va nima maqsadda o‘tkazilayotganligi ko‘rsatilishi shart.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari I va II guruh xarajatlari bo‘yicha YuMMR buyurtmalari asosida «O‘RMV» ATga buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari va g‘azna memorial orderlarini kiritadi hamda ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.
I va II guruh xarajatlari bo‘yicha XTR summalarini hisoblashda xarajatlarni moliyalashtirishning quyidagi sanalarini inobatga olish lozim:

    • Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar - har oyning 1 5 sanalarida

60% miqdorida, har oyning 15 – 20 sanalarida 40% miqdorida, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;

    • Yagona ijtimoiy to‘lov - har oyning 1 - 5 sanalarida;

    • Ijtimoiy nafaqalar (voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar) - har oyning 1 - 15 sanalarida.

Naqd pul mablag‘lari olish uchun chek — bu g‘aznachilik bo‘linmasining ma’lum naqd pul summasini buyurtmachiga berish uchun yozma topshirig‘idir. Cheklar buyurtmachi tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan qo‘lda yoziladi. Cheklarda o‘chirib yozish, tuzatish, to‘g‘rilashlarga hamda faksimile ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Cheklar o‘n kun davomida (ular yozib berilgan kunni hisobga olgan holda) haqiqiy hisoblanadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari chek daftarchalarini ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklardan ularni keyinchalik buyurtmachilarga tarqatish uchun oladi. Bunda buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga chek daftarchalarini olish uchun mazkur buyurtmachi rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan ishonchnoma va so‘rovnomalarni taqdim qiladi. Ishonchnoma bo‘yicha bir buyurtmachiga berilgan chek daftarchasidan boshqa buyurtmachi tomonidan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Olingan chek daftarchalari buyurtmachilarda saqlanadi.
Cheklar 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarida ochilgan hisobvaraqlarga o‘tkazilgan mablag‘lar doirasida yoziladi. Buyurtmachilar 23212 va 23214 balans hisobvaraqlariga mablag‘lar o‘tkazilganidan so‘ng
g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘ldirilgan chek taqdim qiladilar. Bunda buyurtmachilar naqd pul to‘lovlari bo‘yicha 23212 va 23214 balans hisobvaraqlarga pul tushganidan so‘ng o‘n kun ichida (ular yozib berilgan kunni hisobga olgan holda) naqd pul mablag‘larini umumiy summa doirasida yozilgan bir nechta chek bilan olish huquqiga ega. Buning uchun buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga tegishli summaga YuMMR buyurtmasi yoki pul oladigan sanalar va summalarini aniq va alohida ko‘rsatgan holda YuMMR buyurtmasini taqdim etadi.
Bunda bankning mas’ul xodimlari g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan buyurtmachilarning mas’ul xodimi tomonidan taqdim qilingan naqd pul mablag‘larini olish uchun cheklarni ular taqdim qilingan kunda qabul qilishi shart.G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘ldirilgan cheklarni qabul qilganidan so‘ng chek va YuMMR buyurtmasi summalari muvofiqligini tekshiradi, imzo va muhr qo‘yadi hamda tekshirishdan so‘ng chekning nazorat markasini buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga beradi. Bunda yozilgan cheklar ikki nusxada chop etilgan qog‘oz shaklidagi yozilgan cheklar reyestri bilan birga g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga, xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilish uchun beriladi.


Yüklə 5,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin