birinchinusxasi-Kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomalari kapital qo‘yilma buyurtmachilarining g‘aznachilik
bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalgaoshirish uchun topshirig‘ibo‘lib xizmat qiladi.
ikkinchinusxasi–g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YaG‘Hdanxarajatlarto‘loviniamalgaoshirishuchunasosbo‘ladi. uchinchi nusxasi - g‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan holda shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlarigaqaytariladi.
Bunda to‘lov topshiriqnomalarida:
«To‘lov maqsadi» ustunida — kapital qo‘yilma buyurtmachisining shaxsiy g‘azna hisobvaraq raqami, STIRi va nomi, byudjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
Kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari talablarga muvofiq bo‘lganda, g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga
«TEKShIRILDI»belgisini, to‘lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi.
To‘lov topshiriqnomalar talablarga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda ularni kapital qo‘yilmabuyurtmachilariningmas’ulxodimlarigaqaytaradi. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari imzolari va g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazish uchun kapital qo‘yilma buyurtmachilari tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga g‘aznachilikmemorialorderlariuch nusxada taqdim qilinadi:
birinchi nusxasi - kapital qo‘yilma buyurtmachilarining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan g‘aznachilik memorial orderlari g‘aznachilik bo‘linmalariga kapital qo‘yilma buyurtmachilarining g‘aznachilik bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi;
ikkinchi nusxasi - g‘aznachilik memorial orderlari g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va kapital qo‘yilma buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi;
uchinchi nusxasi - G‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan g‘aznachilik memorial orderlari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma bilan birgalikda kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytariladi.