NAZORAT: XARAJATLAR SMЕTASI BO‘YICHA QOLDIQLAR VA BOSHQALAR
XODIM
BO’LIMBOSHLIG’I
TIZIMGA MA’LUMOT KIRITISH VA CHЕK TO‘LDIRIB BЕRISH
SO‘ROVNOMANI TASDIQLASH
VA CHЕKNI NAZORATDAN O‘TKAZISH
6-rasm. Moliyaviy majburiyatlar va to‘lovlar bo‘limi tomonidan ish haqini to‘lash mexanizmi
Moliya yili mobaynida ishlatilgan chek daftarchalari milklari buyurtmachilar tomonidan «UzASBO» DMda shakllantirilgan, ishlatilgan va buzilgan cheklar reyestri bilan birga oxirgi chek varag‘i to‘ldirilgan kunning keyingi kunida g‘aznachilik bo‘linmalariga qaytarilishi shart. Ishlatilganvabuzilgan cheklar reyestrig‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlariga ikki nusxada taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning mas’ul xodimlari imzolari to‘liqligi g‘aznachilik bo‘linmalari xodimlari tomonidan tekshiriladi. Bunda ishlatilgan va buzilgan cheklar reyestrining birinchi nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan imzolanadi va buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga tekshirilgan sanasini ko‘rsatgan holda qaytariladi, ikkinchi nusxasi chek bilan birga g‘aznachilik bo‘linmalarida qoladi. Buyurtmachilar ishlatilgan va buzilgan cheklar reyestrini g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlariga topshirilgandan so‘ng buyurtmachilarga yangi chek daftarchasi beriladi. Bunda buzilgan cheklar mavjud bo‘lgan hollarda buyurtmachilar ularni ishlatilgan chek daftarchalari bilan birga qaytaradi, ular mavjud bo‘lmaganda
esa ularning yo‘qligi sabablari hamda ko‘rilgan choralar to‘g‘risida g‘aznachilik bo‘linmalarini yozma xabardor qiladi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari ishlatilgan chek daftarchalarini olganlaridan so‘ng ulardagi ma’lumotlarni «O‘RMV» ATdagi to‘langan summalar va cheklar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi.
Ishlatilgan cheklar bo‘yicha ma’lumotlarda farqlar mavjud bo‘lgan hollarda g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan yetishmayotgan cheklarning raqami va summalarini ko‘rsatgan holda chek daftarchalari ro‘yxati va unga ilovalar tuziladi hamda buyurtmachilarga farqlar sabablarini aniqlashtirish uchun taqdim qilinadi.
Banklar tomonidan chekda ko‘rsatilgan summani berish unda g‘aznachilik bo‘linmalarining imzo qo‘yish huquqiga ega vakolatli shaxslarining g‘aznachilik bo‘linmalarining muhri bilan tasdiqlangan hamda imzo namunalari va muhr izi kartochkasida ko‘rsatilgan imzolari bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunda noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan cheklar banklar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga chek taqdim qilingan kuni yoki keyingi bank kunidan kechikmagan muddatda qaytariladi.
Naqd pul mablag‘lari berilganidan so‘ng yozilgan cheklar reyestrining ikkinchi nusxasi chek ijro etilganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda ko‘chirma bilan birga banklar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga qaytariladi. G‘aznachilik bo‘linmalari ko‘chirma asosida tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga naqd pul mablag‘lari berilganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritadi va buyurtmachilarga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan g‘aznachilik bo‘linmalarining belgisi qo‘yilgan ko‘chirma beradi.
Banklardan naqd pul mablag‘larini olish uchun buyurtmachilar tomonidan moddiy javobgar shaxsga (kassirga) berilgan Ishonchnoma asosida tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qilinadi.
Buyurtmachilarning ishonchli shaxslari tomonidan chekyo‘qotilgantaqdirda chek yo‘qotilganligi aniqlangan kuni tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga buyurtmachilar rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan bildirishnoma-xat yo‘llanadi. G‘aznachilik bo‘linmasi buyurtmachining bildirishnoma-xati asosida murojaat qilingan kunning keyingi kunidan kechikmagan muddatda yo‘qotilgan chekning seriyasi va raqamini ko‘rsatgan holda mazkur chek to‘lovini to‘xtatish maqsadida bankka xat yuboradi. Bunda cheklar reyestri chaqirib olingan chek summasini ayirgan holda ijro qilinadi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari berilgan va ishlatilgan cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazishni Berilgan va ishlatilgan cheklarni hisobga olish jurnalida olib boradilar.
Buyurtmachilarning xodimlari uchun plastik kartochkalar bir vaqtning o‘zida ikki yoki bir necha bankda ochilgan holda buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmasiga tegishli miqdorda to‘lov topshiriqnomalari taqdim qiladi. Xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga o‘tkazish uchun buyurtmachilar xizmat ko‘rsatuvchi bankka ikki asl nusxada qog‘oz hamda elektron ko‘rinishda xodimlar ro‘yxatini taqdim qiladi.
Bunda:
xodimlar ro‘yxatida xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tabel raqami, plastik kartochkalarining rekvizitlari hamda xodimlarga o‘tkazib berilayotgan summalar ko‘rsatiladi;
xodimlar ro‘yxatining har bir varag‘i tashkilot rahbari, bosh buxgalteri va xodimlar bo‘limining mas’ul xodimi yoki uni o‘rnini bosuvchi xodim tomonidan imzolanadi, tashkilot va xodimlar bo‘limining muhri bilan tasdiqlanadi.
«UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar xodimlarining ish haqi summalarini plastik kartochkalarga o‘tkazish uchun xodimlar ro‘yxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda banklarga faqat elektron shaklda yuboradi.
Banklar buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan xodimlar ro‘yxatini sinchkovlik bilan tekshiradi va xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan hollarda xatolik yoki kamchiliklar aniqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, elektron shaklda yuborilgan hollarda esa shu kunning o‘zida xatolik va kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun buyurtmachilarga qaytaradi. Xizmat ko‘rsatuvchi banklar xodimlar ro‘yxatining ikkinchi nusxasini mablag‘lar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi shtamp bosgan holda buyurtmachilarga xodimlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan mablag‘lar to‘liq o‘tkazilgan kundan keyingi kundan kechikmasdan beradi.
G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Buyurtmachilarning mas’ul xodimlari Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma olishda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnaliga ko‘chirmani olganligi to‘g‘risida tegishli belgi qo‘yadi.
Bunda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali har bir buyurtmachi bo‘yicha alohida ochiladi va yuritiladi. Buyurtmachilar ko‘chirmalarni «UzASBO» DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali yuritilmaydi.