Konsolidatsiyalashganbyudjetlarningko‘rsatkichlarimamlakatmarkazlashtirilganmoliyaviyjamg‘armasidanfoydalanishvaunishakllantirishnitahlilqilishdamuhimo‘rinniegallaydi.O‘zbekistonRespublikasikonsolidatsiyalashganbyudjetiningko‘rsatkichlariyordamidamamlakatdatuziladiganvadavlatmoliyaviybalansidaaksettiriladiganmoliyaviyresurslarnimarkazlashtirishdarajasianiqlanadi.Konsolidatsiyalashganbyudjetko‘rsatkichlarigahisobsizmoliyaviyrejalashtirishni umumlashtirish mumkin emas, chunki davlat moliyaviy balansinivahududiymoliyaviybalanslarningko‘pginako‘rsatkichlarikonsolidatsiyalashtirilganbyudjetdanolinadi. Byudjet davlat uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni aks ettirib vashu bilan birgalikda mamlakat soliq siyosatini belgilaydi. Byudjet mablag‘larisarf etishning aniq yo‘nalishlarini, milliy daromad va yalpi ichki mahsulotningqayta taqsimlanishini o‘zida aks ettiradi, bu esa unga iqtisodiyotni samaraliboshqaruvchisisifatidachiqishgayordamberadi.Shubilanbirgalikdabyudjetdananiqiqtisodiymunosabatlarniaks ettiruvchiiqtisodiykategoriyasifatidafoydalanishmumkin.Byudjetningpaydobo‘lishivarivojlanishidavlatning paydo bo‘lishi va shakllanishi bilan bog‘liqdir. Davlat byudjetdannafaqat o‘z faoliyatining asosiy ta’minotmanbasi sifatida balki iqtisodiy vaijtimoiy siyosat o‘tkazishining muhim elementi sifatida foydalanadi. Iqtisodiykategoriya sifatida byudjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiyqismi hisoblanadi.2 Mamlakatimiz Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti;
1 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 6-moddasi asosida.
2Steven M.Bragg. TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide John Wiley & Sons, Inc. New Jersey, 2010.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi1.
Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.
Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
Byudjetning yaxlitliligi tufayli respublika o‘z tasarrufiga pul resurslarining yagona markazlashtirilgan jamg‘armasini oladi, uni byudjet tizimining faqat biror-bir bo‘g‘iniga taqdim etish mumkin emas hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga birlashtiriladigan barcha byudjetlarning majmui sifatida ifodalanadi. Respublika byudjet tizimining yaxlitligi va bir butunligi qonun tomonidan mustahkamlab qo‘yilgan, unda quyi byudjetlarning biri yuqori bo‘g‘inga kirishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining yetakchi bo‘g‘ini - umumrespublika byudjeti.
Respublika byudjeti – Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Milliy daromadni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni umumrespublika byudjeti orqali tartibga solinadi.
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish va ularni davlat markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradigan chora-tadbirlar bilan to‘g‘ri muvofiqlashtirish imkonini beradi. Shuning uchun mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib turishini va
1 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 35-moddasi asosida.
resurslardan avaylab foydalanishdan manfaatdorlar, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o‘sish sur’atlari mahalliy rezervlarni safarbar etishga, mablag‘larni rejali sarflashga doir ishlarni tashkil etishga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, umuman O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli bajarishga imkon yaratadi. Mahalliy byudjetlardan uy- joy kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minotga doir tadbirlar va hokazolar moliyalashtiriladi.
Davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyatining iqtisodiy imkoniyatlarini moliyaviy asoslarini yaratadi.
Masalan, iqtisodchi G.V. Polyak quyidagi fikrlarni bildiradi “Davlat byudjetdan o‘zining faoliyatini bevosita moliyaviy ta’minlashning instrumenti sifatida hamda iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim elementi sifatida foydalanadi”1- deb ta’kidlaydi.
Demak, bir tomondan byudjetning paydo bqlishi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bqlib, ikkinchidan, aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi davlat islohotlarini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatidagi byudjetning sifat belgilariga aniqlik kiritiladi.
Iqtisodchi L.A Drobozinaning byudjetning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati to‘g‘risi dagi fikrlari quyidagichadir: “O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti – o‘zida davlatning markazlashtirilgan pul mablag‘lari jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanishning alohida shaklidir, o‘zining ijtimoiy- iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra – milliy daromadni taqsimlashning asosiy qurolidir”2- deb ta’kidlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi
1 Поляк Г.Б. Бюджетная система РФ.-М.: ЮНИТИ, 2011.
2Дробозина Л.А. Финанси.-М.: ЮНИТИ, 2010..
lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda:
mablag‘lar jalb qilishni amalga oshirishga, bundan yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno;
tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga, bundan ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
tegishli byudjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi.