Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘larni to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash uchun banklar tomonidan shakllantiriladigan elektron to‘lov hujjatlarining
«to‘lov maqsadi» grafasida To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomada ko‘rsatilgan tegishli to‘lov kodlari, shuningdek byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha tegishli byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ko‘rsatilishi lozim.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larni, shuningdek DMJ va BMJ shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning qaytarilishi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan byudjet tashkilotlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning yozma murojaatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi, bundan davlat soliq xizmati organlari tomonidan undiriladigan to‘lovlar mustasno.
Bojxona organlarining depozit g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni to‘lovchilarga qaytarish faqat to‘lov hujjatlari asosida, davlat soliq xizmati organlarining tegishli byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni to‘lovchilarga qaytarish esa soliq organlarining tegishli xulosalari va to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Davlatbyudjetiningmablag‘lariturlidarajadagibyudjetlaro‘rtasidaquyidagitarzdaqaytataqsimlanadi:
umumdavlat soliqlari va boshqa umumdavlat daromadlari bir qismining belgilangan tartibda o‘rnatilgan me’yorlar asosida turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlanishi asosida;
1 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 52-moddasi asosida.
yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga byudjet subvensiyalari va dotatsiyalarini ajratilishi asosida;
yuqori byudjet bo‘g‘inidan quyi byudjet bo‘g‘inlariga, shuningdek, quyi byudjet bo‘g‘inlaridan yuqori byudjet bo‘g‘inlariga byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keluvchi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larning yo‘naltirilishi asosida;
byudjet ssudalarining ajratilishi asosida.
Ma’lumki, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog‘liq:
hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‘z daromad bazalarining mustahkamligiga;
hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko‘lamiga;
hududlar bo‘yicha tovar (ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;
hududlar aholisining soniga;
ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo‘lgan ehtiyojiga;
hududlar o‘rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun hisobga olinadigan boshqa omillarga.
Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlaridagi kassa tafovuti kassadagi naqd pul aylanmasiga, yuqori byudjetlar ssudalari hisobiga, oldingi davrlardagi foydalanilmay qolgan byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy byudjetlar rioya qilishi lozim bo‘lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‘ra, balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‘lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
Qonunga muvofiq, mahalliy byudjetlar uchun quyidagilar ta’qiqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilmagan manbalar hisobiga o‘z byudjetlarini to‘ldirish yoki maqsadli fondlar tashkil etish.
Byudjet ssudalaridan tashqari boshqa har qanday qarz olishlarni amalga oshirish.
Byudjet qonunchiligida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari, o‘z byudjet xarajatlarini tasdiqlangan ajratmalardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yish.
Boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va vasiylik xatlari berish.
Yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalarini berish.
Mahalliy byudjetlarning xarajatlari tarkibi Byudjet kodeksida belgilangan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi1: