D tashmuxamedova


Byudjetlararo transfertlar



Yüklə 5,5 Mb.
səhifə89/139
tarix13.12.2023
ölçüsü5,5 Mb.
#176243
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   139
Бюджет ғазна ижроси n

Byudjetlararo transfertlar – O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning
aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan mablag‘lardir.
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan byudjetlararo transfertlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari hamda Toshkent shahri shahar byudjeti, shuningdek DMJ byudjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari hamda Toshkent shahri shahar byudjetidan byudjetlararo transfertlar ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan tumanlar va shaharlar byudjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladi. Byudjetlararo tranfertlarni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan byudjet mablag‘larini o‘tkazish uchun so‘rovnoma va g‘aznachilik memorial orderlari asosida amalga oshiriladi. Byujetlararo transfertlar bo‘yicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qo‘shimcha vaqt davrini hisobga olgan holda yakunlanishi lozim.
Mahalliy byudjetdan o‘z muddatida qaytarilmagan byudjet ssudalari va o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yuqori byudjet oldidagi qarzdorliklarni so‘zsiz undirish uchun mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek DMJ byudjetlaridan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga undirishda Moliya vazirligining tegishli boshqarmalari tomonidan Moliya vazirligi G‘aznachiligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlariga tuman va shahar byudjetlaridan undirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmalariga tegishli mazmundagi xat
bilan birgalikda ikki nusxada Byudjet mablag‘larini o‘tkazish (so‘zsiz undirish) uchun so‘rovnoma taqdim etadi.

    1. Yüklə 5,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin