mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.
Shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
tuman (shahar) xalq ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash- profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
tuman va shahar madaniyat va sport ishlari bo‘yicha bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam, tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari.
iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish stantsiyalarini saqlab turish;
shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari.
tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo‘shimcha, ko‘zda tutilmagan xarajatlar o‘z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash uchun tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari mablag‘lari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari miqdori asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi hamda Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari mablag‘larining taqsimlovchilari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlaridir. Mahalliy byudjetlarning ijrosini ta’minlash moliya, soliq,
g‘aznachilik organlari tomonidan belgilangan vakolatlar asosida amalga oshiriladi.
Hududiy moliya organlari – o‘z tasarrufida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs sifatida byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar maqomiga egadir. Bunga ko‘ra Byudjet kodeksining 31-moddasida belgilangan vakolatlarga ega, ya’ni:
byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun byudjet so‘rovlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
byudjet buyurtmalarini tuzish uchun ko‘rsatkichlarni va materiallarni o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi;
xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag‘lari hajmlarini yetkazadi;
o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
tasdiqlangan xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi;
xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida o‘z tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi;
o‘z tasarrufidagi tashkilotlarda byudjet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;
o‘z tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |